Kelmaydiyu mushtimcha, Bajaradi ish shuncha!? sichqoncha
P.dan boshlanar nomi Pechatlashdir imkoni? printer
Ko’rinadi tasvirlar,
Bo’lmasada u borliq,
Ichida ko’pdir sirlar,
Obyektga bog’liq …? yorliq
Bosib olib yuzini, Ko’rsatadi izini? skaner
Safda turar 100 lashkar
Goh yakka goh birlashar.
Bilsang bas ular sirin,
Ko’p ishda ko’maklashar? klaviatura
Nimani tersang, shuni ko’rasan? monitor
Hisobchixon urinma,
Yo’q bo’lsa bu qurilma? kalkulyator
Egallar oz-ko’p trafik, Tasvir turi …? grafik
Bog’lab berdi jahonni,
Berdi katta imkonni? internet
Wordda giperssilka, Bosilar …? ctrl+k
Saqlash uchun tayyor tez, Bosilsa gar … ? ctrl+s
Ko’p qo’llanar albatta, Rasmlarda kengaytma? jpg
Qo’shni bilan bog’laydi, Hamkorlikka chorlaydi? tarmoq
Lupani olib qo’lga, Amaki chiqdi yo’lga? Poisk yoki qidiruv
Wordmi, excel bor bari, …? office dasturlari
Grafik redaktor turi, … dasturi? Corel draw dasturi
Satr, ustun birlashib, … deb nom oldi? Yacheyka yoki katakcha
Jadvallar jamlanmasi, … programmasi? excel
Yo’q qilay virusni deb, Ishga tushdi …? doctor web
Tuzdi tezda dasturlar, Daho bular …? hakkerlar
Muallif: Gurlan tumani 27-maktab Informatika fani o’qituvchisi Nasurlayeva Sabohat