Mundarija:
- 1 Umumiy tushuncha
- 2 First Conditional (Birinchi toifadagi shart ergash gaplar)
- 3 Second Conditional (Ikkinchi toifadagi shart ergash gaplar)
- 4 Third Conditional (Uchinchi toifadagi shart ergash gaplar)
- 5 Zero Conditional (Nolinchi toifadagi shart ergash gaplar)
- 6 Aralash shart gaplar – mixed conditionals (noreal vaziyatlar uchun)
Umumiy tushuncha
✳️ Ingliz tilida shartli gaplar (shart ergash gaplar) alohida mavzu sifatida o’tiladi. Biz ularni oddiy til bilan if’li gaplar deymiz, chunki bu gaplarda har doim if… – agar… deb boshlanadigan gap bo’ladi.
✳️ If bog’lovchisi qatnashgan shartli gaplarni guruhlarga boʻlib oʻrganish tavsiya qilinadi. Qavs ichida bu gaplarning real (haqiqatga toʻg’ri keladigan) va noreal (haqiqatga toʻg’ri kelmaydigan) vaziyatlar uchun qoʻllanishi berilgan.
1️⃣ First Conditional (real)
2️⃣ Second Conditional (unreal)
3️⃣ Third Conditional (unreal)
4️⃣ Zero Conditional (real)
5️⃣ Mixed Conditional (usually unreal)
6️⃣ Implied Conditional (real/unreal)
7️⃣ wish gaplar (unreal)
8️⃣ If only kelgan gaplar (unreal)
▪️Misollar:
🔸If it doesn’t rain, we will go on a picnic. (Agar yomg’ir yog’masa, biz sayrga chiqamiz – real, bo’lishi mumkin bo’lgan ish-harakat)
🔸If we had more money, we would go out more often. (Agar bizning pulimiz ko’p bo’lganida, biz aylanishga tez-tez chiqardik – noreal vaziyat, ya’ni hozir bizning pulimiz ko’p emas)
💡Shart ergash gaplar ikkita qismdan tashkil topadi: asosiy gap va if qatnashgan gap. Tilshunoslik atamalari bilan ifoda qiladigan boʻlsak, bunday gaplarda if qatnashgan gap – ergash gap, asosiy ish-harakat ifodalangan gap – hokim gap deb yuritiladi.
🔸If Sharon passes the exam (ergash gap), she will be admitted to the university (hokim gap).
✳️ Mazkur mavzu bo’yicha testlarni yechishda asosiy gapdagi zamonga qarab if qatnashgan gap zamonini topish yoki teskarisi so’raladi, shuning uchun ham ushbu mavzuni oʻrganishda qo’shma gap qurilmalarga alohida e’tibor bilan qarash lozim.
🔸If I were you, I would put on warmer clothes. (Bu yerda If gapda o’tgan zamon bo’lgani uchun, asosiy gapda would+V1 qurilmasi ishlatilgan)
🔸She would have come to the party if we had invited her. (Bu yerda If gapda uzoq o’tgan zamon bo’lgani uchun, asosiy gapda wouldhave V3(ed) qurilmasi ishlatilgan)
First Conditional (Birinchi toifadagi shart ergash gaplar)
✳️ Mazkur turdagi gaplar if qatnashgan gap tarkibidagi shart amalga oshsa, kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
✳️ Odatiy qurilmasi:
▫️IF + Present Simple Tense, EGA + will/shall+V1 (oddiy kelasi zamon)
🔸If he passes his exam, he will get a place at university. ( Agar u imtihondan oʻtsa, universitetga qabul qilinadi.)
🔸If it doesn’t rain, we will go on a picnic.
💡Umumiy qoidaga ko’ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda hozirgi zamonlardan xohlagan biri qo’llanishi mumkin, asosiy gapda esa xohlagan kelajakni bildiruvchi zamon yoki modal fe’llar bo’lishi mumkin.
🔸If you’re coming out with us tonight, you will need to be ready by 7 oʻclock.
🔸If you have finished your homework, you may/can go home. (Agar uy vazifasini tugatgan boʻlsangiz, uyga ketishingiz mumkin.)
✳️ Shuningdek, mazkur toifadagi shart ergash gaplarda hokim gap buyruq gap shaklida ham bo’lishi mumkin.
🔸If you are ready, get your things and go back home.
✳️ Yuqoridagi misollarda gapning mazmuniga koʻra, asosiy gapdagi ish-harakatlar kelajakda haqiqatda sodir boʻlishi mumkin, shuning uchun ham first conditional – haqiqatga toʻg’ri keladigan vaziyatlar uchun qo’llaniladi.
Second Conditional (Ikkinchi toifadagi shart ergash gaplar)
✳️ Hozirgi yoki kelajak zamonda haqiqatga toʻg’ri kelmaydigan, hayoliy vaziyatlar va ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Shartning noreal ekanligini koʻrsatish uchun vaziyat hozirgi zamonga taalluqli boʻlsa ham, if qatnashgan gap oʻtgan zamonlarning birida ifodalanadi.
✳️ Odatiy qurilmasi:
▫️IF + Past Simple Tense, EGA + would/should+V1 (oddiy o’tgan kelasi zamon)
🔸If we had more money, we would buy a BMW. ( Pulimiz ko’proq bo’lganida, BMW sotib olgan bo’lardik )
🔸If it weren’t raining, we would go on a picnic.
💡Umumiy qoidaga ko’ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda o’tgan davomiy zamon (Past continuous) yoki (could) modal fe’li ham qo’llanishi mumkin, asosiy gapda esa o’tgan zamon ma’nosidagi (could/might) modal fe’llari bo’lishi mumkin.
🔸If we had more money, we could go out more often. (Pulimiz ko’proq bolganida, aylanishga tez-tez chiqqan bo’lardik)
🔸 If you asked Tony, he might do it for you.
🔸 If I were you, I wouldn’t go there. (Sizning o’rningizda bo’lganimda, u yerga bormagan bo’lardim)
✳️ Yuqoridagi gaplarda if qatnashgan gap tarkibida hozirgi zamon payt ravishlari (now/at the moment/every day) boʻlsa ham, noreal vaziyat boʻlgani uchun oʻtgan zamon qoʻllaniladi.
🔸If he were here now, he would show us the city.
💡Bundan tashqari, mazkur if qatnashgan gap turida I/he/she/it shaxslari va birlikdagi ega bilan to be fe’lining were shakli qoʻllanilgani ma’qul. English Grammar In Use kitobida bunday vaziyatlarda was fe’li ham qoʻllana olishi mumkinligini inkor etmagan holda, DTM tomonidan tuziladigan testlarda were fe’li qoʻllanishini ta’kidlab oʻtamiz.
🔸If I were you, I wouldn’t do that.
Third Conditional (Uchinchi toifadagi shart ergash gaplar)
✳️ Mazkur shart ergash gaplar oʻtgan zamondagi haqiqatga toʻg’ri kelmaydigan, hayoliy vaziyatlar va ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Shartning noreal ekanligini koʻrsatish uchun vaziyat yoki ish-harakat oʻtgan zamonga taalluqli boʻlsa ham, if qatnashgan gap uzoq oʻtgan zamonda (Past Perfect Simple yoki Past Perfect Continuous tense) beriladi.
✳️ Odatiy qurilmasi:
▫️IF + Past Perfect simple tense, EGA + would/should+have +V3(ed)
🔸 If I had known there was no more work to do, I would have stayed in bed. (Agar men u yerda qiladigan ish qolmaganligini bilganimda edi, men yotoqda yotgan boʻlardim)
🔸If they hadn’t called the police in time, the thieves would have escaped. (Agar ular politsiyani o’z vaqtida chaqirishmaganida, o’g’rilar qochib ketishgan bo’lishardi)
💡Umumiy qoidaga ko’ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda uzoq o’tgan davomiy zamon (Past perfect continuous) yoki (could have+V3(ed) modal fe’li ham qo’llanishi mumkin, asosiy gapda esa o’tgan zamon ma’nosidagi (could/might have +V3(ed) modal fe’llari bo’lishi mumkin.
🔸If he had been travelling in that car, he could have been killed too.
🔸If the ambulance had come sooner, they might have saved him.
⚠️ Yuqoridagi gaplarda if qatnashgan gap tarkibida oʻtgan zamon payt ravishlari boʻlsa ham (yesterday, that day, then) noreal vaziyat boʻlgani uchun uzoq oʻtgan zamon qoʻllaniladi.
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad.
⚠️ Second va Third Conditional qurilmasidagi gaplar hozirgi (kelasi) va oʻtgan zamondagi vaziyatni tasvirlasa ham, ular noreal vaziyatlarga nisbatan qoʻllanilgani sababli har doim fe’llarni bir zamon orqaga surish lozim, ya’ni hozirgi zamon uchun oʻtgan zamon, oʻtgan zamon uchun uzoq oʻtgan zamon qoʻllash lozim.
🔸If he were here now, he would show us the city. (U bu yerda emas va shaharni koʻrsata olmaydi)
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad. (U ziyofatga kelmadi..)
⚠️Yana bir e’tibor qilinadigan jihat – bu mazkur gaplarning mazmuni bilan bog’liq, ya’ni noreal gaplarda vaziyat askincha sodir bo’lgan bo’ladi.
🔸If he had come to the party yesterday, I would have been glad. (U ziyofatga kelmadi…)
Zero Conditional (Nolinchi toifadagi shart ergash gaplar)
✳️ Mavzu nomi o’zbek tilida sal g’alati o’qilishi mumkin, ya’ni nolinchi toifadagi shart ergash gap o’zi umuman mavjud emas. Lekin agar mantiq bilan qarasa, bu yerda ma’no bor, bunday shart gaplarda deyarli shartlilik tushunchasi bo’lmaydi, ya’ni shartlilik nol darajada. Ushbu toifadagi gaplarda sodir bo’lishi odatiy yoki tabiiy boʻlgan ish-harakatlar yoritiladi. Qoʻshma gapning ikkala qismida ham oddiy hozirgi zamon – Present Simple tense qatnashadi.
▪️Odatiy qurilmasi:
▫️IF + Present simple tense, EGA + Present simple tense
🔸If you heat ice, it melts. (Siz muzni isitsangiz, u eriydi – tabiiy hodisa)
🔸If I stay out late, I always get a taxi home. (Men ko’chada kech qolib ketsam, har doim taxida uyga kelaman – odat)
🔸If I have money, I buy sweets.
✳️ Mavzudan ham koʻrinayapdiki, bu gaplarda shart ma’nosi boʻlmaydi va if bog’lovchisini when yoki each time soʻzlari bilan almashtirsa ham ma’no o’zgarmaydi.
🔸When you heat ice, it melts.
🔸Each time I stay out late, I always get a taxi home.
Aralash shart gaplar – mixed conditionals (noreal vaziyatlar uchun)
✳️ Hozirgi va oʻtgan zamon uchun qoʻllaniladigan shartli gaplarning (Second and Third Conditional) bitta qoʻshma gapda qoʻllanish holatiga aralash if qatnashgan gaplar (Mixed conditional) deb aytiladi.
1️⃣ Birinchi holat – bu qurilma orqali oʻtgan zamondagi ish-harakatning hozirgi zamonda natijasi koʻrsatiladi.
▪️IF + Past Perfect Tense, EGA +would/should/could+ V1
🔸If you had studied last night, you would know the answer to the question now.
🔸If you hadn’t eaten too much at the party last night, you wouldn’t be sick now.
⚠️ Bunday vaziyatlarda payt ravishlariga qarab shartli gaplarning qoʻllanishini toʻg’ri topib olsa boʻladi.
🔸If I had worked harder at university last year, I would have a degree now. (Agar men oʻtgan yili universitetda qattiq oʻqiganimda, hozir diplomli (oliy ma’lumotli) boʻlardim… ammo men oʻtgan yil qattiq oʻqimadim va bu yil diplom ololmadim.)
🔸If you had told me about this problem earlier, everything would be all right now.
⚠️E’tibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi misollarda if qatnashgan gapda Third Conditional va asosiy gapda Second Conditional qoʻllanilgan va oʻtgan zamondagi ish-harakat hozirgi zamonda natijaga ega boʻlayapdi.
2️⃣ Ikkinchi holat – hozirgi zamondagi holat oʻtgan zamonda biror ish-harakatnining amalga oshgan yoki oshmaganligiga sabab bo’lgan boʻladi.
▪️IF + Past Simple Tense, EGA + would/should have+ V3(ed)
🔸If she loved him, she wouldn’t have left him. (Agar u uni sevganida, u uni tashlab ketmagan boʻlardi…ammo qiz yigitni sevmaydi va uni tashlab ketgan.)
⚠️Yuqoridaga misolda if qatnashgan gapda Second Conditional va asosiy gapda Third Conditional qurilmasi qoʻllanilgan. Bunday vaziyatlarda if qatnashgan gapda hozirgi zamondagi hayoliy holat tasvirlanadi.
🔸If you were a more sensible person, you wouldn’t have said that to her. (Agar sen aqlliroq boʻlganingda, unga buni aytmagan boʻlar eding.)
3️⃣ Ba’zibir darsliklarda asosiy gapda buyruq gap qatnashgan if qatnashgan gaplar ham aralash shart gaplar tarkibiga kiritiladi. Bunday gapning qurilmasi quyidagicha boʻladi:
▪️IF + Present Simple yoki Continuous, buyruq gap.
🔸If you go out, BRING some bread.(Agar tashqariga chiqsangiz, non olib keling.)
🔸If you are leaving, SWITCH OFF the light.
Ma’lumotlar manbadan olindi.