Otlarda birlik va ko’plik (Singular and Plural nouns)
✳️ Ingliz tilida otlarning birlik va koʻplik shakllari mavjud bo’lib, birlikdagi ot (singular noun) bitta shaxs yoki buyumni ifodalaydi. Birlikdagi sanaladigan ot oldidan bir yoki biror bir ma’nosida a/an noaniq artikli ishlatiladi. Koʻplikdagi ot (plural noun) ikki va undan ortiq shaxs yoki buyumni ifodalaydi.
✳️Otlarning koʻplik shakli bir necha yoʻllar orqali hosil qilinadi:
1️⃣ Umumiy qoidaga ko’ra otlarning koʻplik shakli otga -s/es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. Bunda birlikdagi ot oldidan keluvchi a/an noaniq artikli tushib qoladi.
▫️a book ➡️ two books
▫️a bus ➡️ some buses
2️⃣ Agar ot y harfi bilan tugagan va undan oldingi harf unli harf (a, o, u, e, i) boʻlsa, bunday otlarning koʻplik shakli ham -s qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasaladi.
▫️a boy ➡️ two boys
▫️a key ➡️ two keys
▫️a way ➡️ two ways
▫️a day ➡️ some days
⚠️ Agar ot y harfi bilan tugab, undan oldin undosh harf kelgan boʻlsa, y harfi i harfiga oʻzgaradi va keyin –es qoʻshimchasi qoʻshilad ▪️undosh harf + y ➡️ i + es:
▫️ a lady ➡️ two ladies
▫️a copy ➡️ two copies
▫️a secretary ➡️ two secretaries
3️⃣ sh/ -ch/ -ss/ -x/ -o/ -s harflari bilan tugagan otlarning koʻplik shakli ularga –es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi.
▫️a dish ➡️ two dishes
▫️a dress ➡️ two dresses
▫️a tomato ➡️ two tomatoes
▫️a watch ➡️ two watches
▫️a box ➡️ two boxes
▫️a bus ➡️ two buses
⚠️ Ammo ingliz tiliga yunon va lotin tilidan kirib kelgan photo/piano/disco etc. soʻzlarining koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi.
▫️a photo ➡️ two photos
▫️a piano ➡️ two pianos
▫️a video ➡️ two videos
▫️a disco ➡️ two discos
▫️a studio ➡️ two studios
▫️a kilo ➡️ two kilos
4️⃣ Agar ot -f/ -fe harflari bilan tugagan boʻlsa, koʻplik shaklida -s qoʻshilganda koʻrinishi -ves ga oʻzgaradi.
▫️ a shelf ➡️ two shelves
▫️a knife ➡️ two knives
▫️a loaf ➡️ two loaves
▫️a thief ➡️ two thieves
⚠️ Ammo quyidagi otlarning koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi.
▫️ a chief ➡️ two chiefs
▫️a roof ➡️ roofs
▫️a safe ➡️ two safes
▫️a handkerchief ➡️ handkerchiefs
5️⃣ Ba’zi otlarning koʻplik shakli qoʻshimcha qoʻshilmasdan oʻzakda oʻzgarish roʻy berishi bilan yasaladi:
▫️ a man ➡️ two men
▫️a woman ➡️ two women
▫️a child ➡️ two children
▫️an ox ➡️ some oxen
▫️a foot ➡️ two feet
▫️a goose ➡️ two geese
▫️a mouse ➡️ some mice
▫️a tooth ➡️ two teeth
6️⃣ Ba’zi otlarning koʻplik va birlik shakllari bir xil:
▫️ a deer ➡️ some deer
▫️a sheep ➡️ some sheep
▫️a fish ➡️ some fish
▫️an aircaft ➡️ some aircraft
▫️a fruit ➡️ some fruit
▫️a salmon ➡️ some salmon
7️⃣ Qoʻshma otlarning koʻplik shakli ikkinchi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi.
▫️a toothbrush ➡️ some toothbrushes
▫️ a schoolboy ➡️ some schoolboys
⚠️ Chiziqcha bilan yoziladigan qoʻshma otlarda koʻplik shakli quyidagicha hosil boʻladi:
▫️ a custom-house two custom-houses
▫️a man-of-war ➡️ two men-of-war
▫️a hotel-keeper ➡️ two hotel-keepers
▫️a mother-in-law ➡️ mothers-in-law
✳️ Ingliz tilida har doim koʻplikda qoʻllaniladigan otlar (ba’zi darslikdarda mazkur otlar sanalmaydigan ot sifatida ham ko’rsatilgan) mavjud boʻlib, ular juft qismdan iborat predmetlardir (trousers/jeans/scissors/pyjames/glasses etc.). Bu otlar gapda qoʻllanganda koʻplikdagi fe’l va koʻplikdagi olmoshni talab qiladi.
🔸These trousers don’t fit me .
🔸Where are my scissors ? I can’t find them.
⚠️ Eslatma: Yuqoridagi otlar oldidan a pair of… (bir juft) soʻzini qoʻllashimiz mumkin. Bunday holatda ular birlikdagi otlar sifatida qoʻllaniladi va gapda birlikdagi fe’l hamda olmoshlar qoʻllanadi.
▪️These/those + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + are/do
▪️A/this + pair of + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + is/does
🔸These jeans don’t fit me
🔸This pair of jeans doesn’t fit me.
✳️ Quyidagi otlar ingliz tilida faqat koʻplikdagi otlar hisoblanadi va koʻplikdagi fe’l bilan qoʻllaniladi.
▫️belongings ▫️clothes ▫️congratulations ▫️earnings ▫️goods ▫️manners ▫️particulars ▫️riches ▫️▫️surroundings ▫️savings ▫️thanks ▫️proceeds ▫️police ▫️cattle ▫️cast
🔸Most of the goods produced in this factory are exported.
🔸All their belongings have been destroyed.
🔸The police are investigating the case.
🔸My earnings aren’t high but at least they are regular.
✳️ Quyidagi otlar esa -s qoʻshimchasi bilan tugasa ham, birlikdagi otlar hisoblanadi va birlikdagi fe’llar bilan qoʻllanishi lozim.
▫️news ▫️economics ▫️linguistics ▫️mathemathics ▫️phonetics ▫️politics ▫️statistics ▫️physics ▫️gymnastics ▫️athletics ▫️measles ▫️mumps
🔸Mathemathics is not the most popular school subject.
🔸Athletics is good for you .
🔸No news is good news.
✳️ Quyidagi otlar esa bitta predmetni nazarda tutganda birlikdagi fe’l bilan, koʻp predmetlarni nazarda tutganda koʻplikdagi fe’l bilan shaklan oʻzgamasdan qoʻllaniladi.
▫️means ▫️species ▫️series ▫️crossroads ▫️headquarters ▫️works (zavod)
🔸This crossroads is dangerous.
🔸These crossroads are dangerous.
🔸The bicycle is an excellent means of transport.
🔸Our company’s headquarters is in London.
🔸There are thousands of species of bird on earth.
✳️ people soʻzi odamlar ma’nosida -s qoʻshmasdan ham koʻplikdagi ot hisoblanadi.
🔸Many people don’t like flying.
⚠️ people soʻzi xalq,millat ma’nosida ham koʻplikda, ham birlikda qoʻllanishi mumkin. Koʻplikda -s qoʻshimchasi qoʻshiladi.
🔸The peoples of the Arab World have a common language.
✳️ Ingliz tilida insonlar guruhini bildiruvchi jamlovchi otlar ham mavjud boʻlib, ular gapdagi mazmuniga qarab, yo birlikdagi yo koʻplikdagi fe’llar bilan qoʻllanadi. Bu soʻzlar quyidagilar:
▫️family ▫️public ▫️committee ▫️company ▫️government ▫️audience ▫️crowd ▫️staff ▫️team
✳️Bunday vaziyatda bu otlar yagona birlik sifatida tushinilsa – birlikdagi fe’l, odamlar guruhi sifatida olib koʻrilsa – koʻplikdagi fe’l qoʻllangani ma’qul.
🔸The committee has canceled its decision .
🔸The committee usually raise their hands to vote.
⚠️ Sport komandalari bilan koʻplikdagi fe’l qoʻllanilgani ma’qul.
🔸England are playing against Scotland today.
✳️ Uzunlik, masofa, og’irlik va miqdorni bildiruvchi son bilan berilgan koʻplikdagi otli birikmalar birlikdagi fe’l bilan qoʻllanishi lozim.
🔸Three thousand dollars was stolen from the bank.
🔸Six miles is a long way to walk.
🔸About three meters separates the runners in first and second places.
✳️ son+ot birikmasi aniqlovchi vazifasini bajargan hollarda son va ot orasiga chiziqcha qoʻyiladi va ot birlikda yozilishi lozim.
🔸A ten-year-old schoolboy was kidnapped by the terrorists.
🔸It is a twenty-storey building.
🔸John went on a six-week holiday.