Ingliz tilida sifatlar

Adjectives
  • Sifatlar otlarni tasvirlaydi va qanday? qanaqa? so’roqlariga javob beradi:

Food va meal o’rtasida qanday farq bor?

large garden – katta bog’
a red bag – qizil sumka
a beautiful picture – chiroyli rasm
  • Sifatlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilmaydi:
large gardens – katta bog’lar
red bags – qizil sumkalar
beautiful pictures – chiroyli rasmlar
  • Sifatlar ikkiga bo’linadi fikr sifatlari ( opinion adjectives ) va haqiqat sifatlari ( fact adjectives)
Fikr sifatlari biron kishining predmetga yoki biron kishiga bo’lgan shaxsiy fikrini ifodalaydi:
  beautiful-chiroyli
  expensive-qimmat
  wonderful-ajoyib
  great-zo’r, buyuk
  lovely-yoqimli
  interesting-qiziqarli
  boring-zerikarli
Haqiqat sifatlari predmetning yoki biron kishining chin sifatlarini ya’ni hajmi, og’irligi, shakli, rangi va materialini ifodalaydi:
short-kalta
green-yashil
round-yumaloq
long-uzun
tall-baland
leather-charm
rectangular-to’rtburchak
silver-kumush
Gap tuzilganda doim birinchi fikr sifatlari keyin haqiqat sifatlar yoziladi.
 
Haqiqat sifatlari quyidagi tartibda yoziladi

1. hajm/size: big,small,long

2. og’irlik/weight: light, heavy
3. shakl/shape: round, triangular
4. rang/colour: dark blue, light green, red
5. qanday ashyodanligi/ material: cotton, gold, leather, wooden
I have got a beautiful, blue, silk dress.
Mening chiroyli, moviy, ipak ko’ylagim bor.
I bought an expensive, black, leather purse.
Men qimmatbaho, qora, charm hamyon sotib oldim.
Eslatma: birlikdagi otlarga uchtadan ortiq sifat ishlatmang!
Manba: Englishguli
(Visited 460 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz