Insholar to’plami 2

insho

Insholar:

  • Sabrning oxiri zafar
  • Menga yoqqan she’r
  • G’azal shaydosiman
  • Biz korrupsiyaga qarshimiz
  • Vaqt qadri
  • Kuntug’mush
  • Guro’g’li
  • Mening kelajakdagi kasbim “O’qituvchi

Sabrning oxiri zafar

Reja:
1. Sabr tushunchasi
2. Sabrning diniy talqini.
3. Sabr izzat va sharaf garovidir

1) Sabr lugʻatda “toʻsmoq”, “bogʻlamoq” demak. Istilohda esa nafsga xush keluvchi narsalarni tark etish, qazo va qadardagi ishlarga isyon qilmay boʻyin egish, balo va mashaqqat kelganida shikoyat qilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.

Sabr – nafsning eng go’zal amallaridan biri bo’lib, qilinishi yaxshi va go’zal bo’lmagan narsalardan saqlanishdan iboratdir.
Sabr – Qur’on va sunnat ahkomlarida sobit turishdir.
Sabr – balo yetganda go’zal odob ila turishdir.
Sabr – istirob paytida qalbni sobit tutishdir”.

2) Qur’oni Karimda sabrga da’vat ko’p takrorlanadi. Chunki Allohga toatda ham, gunohdan saqlanish, yo’ldagi to’siqlarni yengish uchun ham, zaiflik qilib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak bo’ladi.
O’tgan ulamolarimizdan birlari sabrni umumiy tarzda uchga bo’lganlar:
1. Alloh harom qilgan narsalardan va gunohdan saqlanishga sabr.
2. Toat va qurbat hosil qilish uchun sabr.
3. Yetadigan musibat va qiyinchiliklarga sabr.)
Musulmon katta-yu kichik musibatlarga, og‘ir bemorliklarga ham, tikon kirishiga ham sabr qilmog‘i gunohlariga kafforat bo‘lishi aytilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qiladi”, dedilar.

3) Inson hayotda yashar ekan kutilgan va kutilmagan musibatlarga duchor boʻlishi tarbiyadir.
Gohida soligʻini yoʻqotsa, ba’zida yaqinlaridan judo boʻladi. Egallagan mansabida ajralishi ham ehtimoldan holi emas. Yana ba’zida xavf-hatatlar girdobiga tushib qoladi. Nima boʻlganda ham boshiga musibat tushgan mo’min oʻzini yoʻqotib qoʻymasligi,bu sinovlarni Yaratganni sinovi oʻlaroq qabul etib , unga chidamli boʻlish lozim. Trio kelgan odamga musibatlarini arz qilib ahvoldan shikoyat qilish, Alloh taoloning gʻazabini keltiradigan noma’qul ruhiy tushkunlikka tushib oʻrniga, aksincha, musibatni ulkan imkoniyat eshigi deb bilish va undan unumli foydalanib qolishlari kerak boʻladi.
Shuning ekan, azizlar! Boshqa har ne musibat tushganda ham alamdazalik qilib Allohga xush kelmaydigan ishlardan uzoq boʻlaylik. Balki, musibatni bandasiga arz qilmasdan uning ajrini Xoliq taolodan koʻraylik! Alloh taolo barchamizni shariat doirasida sobit qadam qilsin!

Menga yoqqan she’r ( Mirtemir She’rlari )

Reja:

1.Men yoqqan she’r Mirtemirning onaginam she’ri
2.Mirtemirning hayoti
3.She’rdan olgan hulosam
Menga yoqqan she’r bu Mirtemirning onaginam she’ri. Ushbu she’rda shoirning diliga qiynoq beruvchi, qalbini azoblovchi tuyg’u g’oyat samimiy aks ettirilgan. Shoir boshiga qora kunlar tushgan mahal oilasidan uzoqda tuhmat jabrini tortar ekan, to‘satdan onasining vafoti haqidagi sovuq xabar uning dilini teshib o‘tadi. Onasini hatto so‘nggi yo‘lga ham o‘zi kuzata olmagan farzandning qonli bag’ridan ushbu satrlar to‘kiladi…
2.Oʻzbekiston xalq shoiri, oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir. Mirtemir Tursunov 1910-yilning 10-mayida Turkiston shahri yaqinidagi qishlogʻida tugʻildi.Mirtemir yoshligidan boshlab uqishga juda qiziqardi va maktabni a’lo baholarga tugatdi.Yoshligidan she’r yozishni boshladi.U “Qizil qalam” adabiy tashkilotining a’zosi sifatida Botu, Oltoy singari “millatchilar” bilan aloqada bo’lganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan.Qamoqdan chiqqanidan keyin bir necha gazetalarda ishladi.Mirtemir 1978-yilning 23-yanvarida vafot etdi.
3.Mening Mirtemirning she’rlaridan olgan tasurootlarim juda ko’p.Mirtemirning she’rlari juda ma’noli, ko’ngilga yoqadigan she’rlardir.Mirtemirning she’rlari hayotga yaxshilikka yetaklaydi va juda ta’sirli she’rlari ham ko’p.Masalan:Onaginam she’ri menga yoqqan eng sevimli she’rlaridan biri hisoblanadi,chunki u she’r juda ta’sirli va dilga yoqadigan she’r.

G’azal shaydosiman

Reja:

1)G’azal nima?

2)G’azal mutolaasi — mening sevimli mashg’ulotim

3)Men sevgan g’azal

Sharq adabiyotidagi eng keng tarqalgan lirik janr. G’azal arab tilidan ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo’lish kabi ma’nolarni anglatar ekan. Alisher Navoiy bobomiz 2600dan ortiq g’azal yozib, bu janrni turkiy tilda boyitganlar. G’zallar dastlab ishqiy mavzuda yozilgan. Hozirga kelib juda ko’p turlari yuzaga kelgan. Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida uchraydi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g’azal yaratganlar.

G’azal mutolaasi mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri. Faqatgina o’qish emas, balki, o’zimga yoqqanlarini yodlab ham olaman. Bo’sh vaqtlarimda asosan Alisher Navoiy bobomizning g’azallarini o’qib turaman. Yodlagan g’azallarimni yoddan oqqa ko’chiraman. Shunday qilsam g’azallarni yanada yaxshiroq yod olaman. G’azallardan zavq olaman. Qanday mavzuda bo’lmasin barcha g’azallardan tarbiyaviy qandaydir dars olaman. Men o’zim sevgan g’azallarni do’stlarimga ham tavsiya qilaman.

Men eng sevgan g’azallardan biri Alisher Navoiyning “Kelmadi” g’azali. Ushbu g’azal muhabbat mavzusida yozilgan. Navoiyning shoh asarlaridan bo’lib, hozirda “Munojot” kuyi bilan xalqqa tanish. Bu asar voqea, qandaydir turtki asosida yaratilganligi g’azaldan sezilib turadi. O’z yorini dard, a’lam ila kutgan oshiq iztiroblaridir. Bu g’azal meni jozibadorligi va dardliligi bilan jalb qildi. Men g’azal mutolaasini yaxshi ko’raman.

Biz- korrupsiyaga qarshimiz!

Reja:

1. Men “ korrupsiya” atamasini qanday tushunaman?
2 .Korrupsiya – inson va jamiyat hayotiga xavf soluvchi illat.
3. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash.

Ertalab ostona hatlab o’qishga, ishga otlanganimizda onalarimiz-u momolarimiz qo’llarini duoga ochib: “Iloyo o’qishlaring, ishlaring o’ngidan kelsin, doimo xonadonimizga, mahalla- ko’yimizga va yurtimizga tinchlik – omonlik bersin,” – deya Yaratgandan yaxshi tilaklar tilaydilar. Bunda nihoyatda hikmat ko’p. Inson hayotda yashar ekan, yaxshi yashash uchun harakat qiladi.Kimdir bu yo’da ezgulik amallarini tanlasa, kimdir qing’ir yo’llarga kirib,manzilga osonlik bilan borishni istaydi.
Esimda,qachonlardir bir hikoyatni o’qigan edim.
Mimg yil umr ko’rgan Nuh payg’ambardan sorabdilar: Tiriklikni nimaga o’xshatding? Ikki eshikli uyga o’xshaydi, biridan kirdim, ikkinchisidan chiqdim. Yaxshi odam shu uyga o’zining ezgu amallari bilan g’isht qo’yib ketsa, yomon odam shu imoratdan g’ishtni ko’chirib ketar ekan. Taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari ham mazmun- mohiyati bilan shu asosga qurilganligini har bir o’quvchi ichi – ichidan sezadi. Beixtiyor o’ylanaman. Men bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boraman?!
Men hozirgi davrda XXI asrni tahlikaga solgan korrupsiyani vijdoniga qarshi borib,shaxshiy manfaatini el manfaatidan yuqori qo’yib, ishini yengillik bilan bitirib, pora olib, pora berish kabi salbiy holatlarni tushunaman. Hazrat Alisher Navoiy bundan qariyb olti yuz oldin:
Ming jafo qilsa menga bir qatla faryod aylaram,
Elga qilsa bir jafo ming qatla faryod aylaram.
Men korrupsiyani hazrat Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, elga zulm qilish , deb baholayman.
Korrupsiya inson va jamiyat hayotini izdan chiqarib, jamiyatning rivojiga rahna soluvchi, illat ekanligini har bir vijdonli odam sezadi. Negaki, pul berish orqali bilimi yo’q talaba oily o’quv yurtida mutaxassislik diplomini oladi, pul orqali inson tanish – bilish orqali ishga kiradi. Bularni sanayversak, sanog’iga yetolmaymiz. Tasavvur qiling. Pul bilan o’qigan talaba o’qituvchi bo’ldi. U bir emas, minglab, millionlab o’quvchilarning qalbiga bilim urug’ini emas, savodsizlik urug’ini sepdi. U yillar o’tib hosilini berdi. Jamiyatda bir emas, minglab , millionlab hech narsani his qilmaydigan hamda oila va jamiyat hayotini yaxshilash uchun harakat qilmaydigan insonlar ko’paydi. Buni ongli odam ich- ichiga sig’dira olmaydi. Yoinki haydovchini olaylik. U o’qimasa, yo’ harakati qoidalarini bilmasa, yo’l harakati hodisalari ko’payib,insonlar hayoti xavf ostida qoladi. Bu haqiqatdan hazrat Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, elga zulm –ku!
Biz bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boramiz?! Hozirgi davrda korrupsiya deb atalmish balo- ofatlardan qanday himoyalanib, unga qarshi kurash olib boramiz? Inson bu yo’lda ishonch bilan o’z e’tiqodi asosida Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamiz belgilab bergan qonun- qoidalarga rioya etgandagina, albatta, to’g’ri yo’lda borishi, shubhasiz.
Biz baxtiyor ona yurt – O’zbekiston tuprog’ida yashayotganimizdan g’urur- iftixor bilan faxrlanamiz!
Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning parvozi ham qo’shig’isan.
Sen azizsan, muqaddassan,ey sajdagoh,
O’zbekiston, ota- makon, ona tuproq!
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev hozirhi kunda korrupsiyaga qarshi qattiq kurash olib bormoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali ko’rib, o’qib bormoqdamiz.

Vaqt qadri

reja:

1)Vaqtni qadirlash kerak
2)Vaqting ketdi naqding ketdi
3)vaqtni kerakli ishga sarf qilish

Har bir insonda vaqtini qanday tarzda ôtkazish uni kerakli ishga sarf qilib yônaltirgisi keladi .Bazi bir insonlar borki vaqtni qadriga yetmaydi ular vaqtlarini bekorchi keraksz narsalar uchun sarflaydi.inson umrining deyarli hamasi vaqtga bogliq deb oylayman.Chunki inson qilayotgan bemaniyu qandaydir juda samarali
ketgan vaqti unga juda kata kuch gayrat bera oladi deb oylayman.
Albata biz ham bilamizki vaqt bolmasa malum bir ishimiz bitmay qolishi mumkin.shuning uchun ham vaqtni qadrlashimiz kerak

2) Dono xalqimizda shunday maqol bor “Vaqting ketdi naqding ketdi” bu maqol bejizga aytilmagan bolsa kerak.
Vaqt oliy xakam har qanday narsaning vaqti soati boladi
albata biz ôz vaqtimizni qanday ishlarga sarf qilishimiz ozimizga bogliqligini bilamiz.
Shuning uchun ham oz vaqtimizni samarali foydali ishlarga sarf qilishni bilishimiz kerak..

3) ôz vaqtimizni ozimiz togri yolga sarf qilishni bilmogimiz darkor
masalan biror bir kishi vaqt bekor ketmaslik uchun kimdir bilim darajasini oshirish uchun kitob oqiydi.Yana kimdur bolsa bu ishlarni teskarisini qilishi mumkin
Agar har bir inson ôz vaqtini togri sarf qila olsa anashunda vaqt samarasi kôrinishi mumkin.

Kuntugʻmish

Reja:
Kirish: Men sevgan dostonlardan biri
Asosiy qism:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Dostonda Kuntugʻmish obraziga tavsif.
3) ,, Kuntugʻmish” dostonida or-nomus ifodasi.
Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim
Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:

Poʻlat nayza qor ostida yotarmi,

Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,

Sening toʻrang nomardlardan emasdir,

Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?..

Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz.

Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, eʼtibor bering: u oʻz suratini chizdirib, Kuntugʻmish yurtiga yuborar ekan, agar “shu koʻrgan tushim rahmoniy boʻlsa, oshiq-maʼshuqlik awaldan pok boʻlsa, Xudoyo xudovando shu sandigʻim senga omonat, toʻradan boshqasiga tegmasin”, deydi.

Xolbeka hamiyatli, gʻururi baland qiz. Garchi u Kuntugʻmishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni koʻrib biroz muddat ixtiyorini yoʻqotgan boʻlsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan vaʼdasi, yaʼni faqat nard oʻyinida gʻolib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi. Kuntugʻmish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, oʻzi koʻngil qoʻygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorugʻ boʻlishini istaydi.

Dostonda Kuntugʻmishning oʻgʻillari Gurkiboy va Mohiboy xarakterlari ham chiroyli va taʼsirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, vazmin, aql bilan ish koʻradigan bola boʻlsa, Mohiboy biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga mehribon, ota-onalariga fidoyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va aql bilan ish koʻrganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklami yengadilar.

Asarda Azbarxoʻja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmoʻmin kabi qahramonlar qiyofasi oʻziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxoʻja dastlab Kuntugʻmish bilan doʻstlashadi, soʻng oʻz manfaatini deb unga xiyonat qiladi. Buvraxon oʻziga bino qoʻygan, qahri qattiq podsho, biroq uning koʻngilchan ekanligini ham koʻramiz. Buvraxon awal Kuntugʻmish va Xolbekani oʻlimga mahkum etadi, keyinroq Azbarxoʻja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ulami afv etadi. Azbarxoʻjani jazolaydi. Dostondagi Qosim, Xolmoʻmin, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham asarda oʻz oʻmiga ega, ularsiz Kuntugʻmish va Xolbeka taqdirini toʻlaqonli tasawur qilish qiyin.

“Kuntugʻmish” dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalgʻitadigan oʻrinlar uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har bir epizod dostonni toʻldiradi.

Goʻroʻgʻli

Reja:
Kirish: Men sevgan dostonlardan biri
Asosiy qism:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Dostonda Goʻroʻgʻli obraziga tavsif.
3) ,, Goʻroʻgʻli” dostonida or-nomus ifodasi.
Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim
g’aroyib holda tug’ilishi va qahramonona yoshligini tasvirlovchi “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Go’ro’g’lining bolaligi” dostonlari bilan boshlanadi. Ularning Po’lkan variantida tasvirlanishicha, Go’ro’g’lining bobosi To’liboy sinchi Mari yurtining begi Qovishtixonning o’g’li bo’lib, yoshligida Yovmit podshosi Odilxonga asir tushadi. To’liboy sinchi xizmatlaridan ko’ngli to’lgan Odilxon qizi Bibi Oyshani unga nikohlab beradi. Bulardan bo’lg’usi qahramonning otasi Ravshan tug’iladi. Taka-Yovmit yurtining doimiy dushmani Shohdorxonning navbatdagi bosqinchiliklaridan birida Ravshan, shuningdek, Taka-Turkman begi Jig’alixonning farzandlari Gajdumbek va Bibi Hilollar Zangar yurtiga asir tushib ketadi. Zangarda Ravshan bilan Bibi Hilol tasodifan uchrashib qolib, bir-birlarini sevib qoladilar va turmush quradilar. Bu orada Ravshanning sinchiligi xabari Shohdorxonga yetib keladi. Shohdorxon uni saroyga chaqirib, otlarini ko’rsatadi. Ravshan bular ichida tulpor yo’qligini aytib, holvachining otini maqtaydi. Achchiqlangan xon Ravshanning ko’zlarini o’yib oladi. Ravshan ko’r ko’zining xuniga holvachining otini tilab olib, shu ot yordamida qaynakasi Gajdumbek bilan Yovmitga qochadi. Zangarda qolgan Bibi Hilol qornidagi olti oylik gumonasi bilan vafot etadi. Go’rda o’lik onadan bo’lajak qahramon tug’iladi. Cho’pon Rustam uyuridagi bir baytal uni emizadi va keyinchalik Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib keladi. Ko’rinadiki, epos an’anasiga ko’ra, Go’ro’g’lining kelib chiqishi yuqori tabaqa bilan bog’lansa-da, u, avvalo, kambag’al bir otboqar sinchining o’g’li; cho’pon Rustam tarbiyasida voyaga yetadi, xalq qahramonlariga xos g’ayritabiiy yo’sinda tug’iladi va bahodirlik kamolotiga erishadi. Bu bilan, bir tomondan, Go’ro’g’lining yoshligidanoq xonlarga, saroy aristokratiyasiga qarshi tarbiyalanganligi ko’rsatilsa, ikkinchidan, uning epik Chambil yurtining qonuniy hukmdori ekanligi har jihatdan asoslanadi. ”

Mening kelajakdagi kasbim – o’qituvchi”

Ustoz! Qanday chiroyli so’z. Bu bizning hayotimiz, yorug’lik va poydevor. Biz uchun yo’lboshchi sifatida porlaydi va yangi bilimlar dunyosiga olib boradi. Ustoz! Qanday baland so’z! Biz buni qayta-qayta takrorlaymiz. Bizning katta do’stimiz, samimiy do’stimiz. U fanlar omborini ochadigan kalitdir! Siz hayotdagi hamma narsani bilib olishingiz mumkin, ko’plab yangi g’oyalarni o’zida mujassam etasiz, lekin siz tug’ilish uchun o’qituvchi bo’lishingiz, bolalar uchun er yuzida yashashingiz kerak. N. Vedenyapina

Zamonaviy dunyoda 40 mingdan ortiq turli xil faoliyat turlari mavjud, faqat sanoat va qurilishda hayotning boshqa barcha sohalarini aytmasdan, uch mingga yaqin kasb mavjud.

Dasturchi, muhandis, buxgalter, shifokor, o’qituvchi, me’mor, ma’mur, chilangar, torner, ekolog, psixolog va boshqa kasblar bugungi kunda eng mashhur va talabga ega. Ba’zi mutaxassisliklar obro’li deb hisoblanadi, boshqalari esa shunchaki zarurdir. Ammo ularning barchasi, albatta, zarurdir.

Jamiyat rivojlanishi bilan, ta’limga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorlaridagi sharoit o’zgarib borayotgani hech kimga sir emas, shuning uchun kasblar dunyosi juda keskin va o’zgaruvchan bo’lib qolmoqda. Har yili ko’plab yangi kasblar paydo bo’ladi. Ko’pchilik atigi besh-o’n besh yil yashaydi va keyin “o’ladi” yoki tanib bo’lmaydigan darajada o’zgaradi. Ammo yillar va asrlar davomida mavjud bo’lgan kasblar mavjud. Ushbu kasblardan biri o’qituvchidir, bu keyinchalik mening inshamimda muhokama qilinadi.

Kattalar bizdan katta bo’lganimizda kim bo’lishni xohlashimizni tez-tez so’rashadi? Ammo siz haqiqiy usta, o’z sohangizda professional bo’lishingiz mumkin bo’lgan yagona kasbni tanlash oson emas. Rus yozuvchisi Pavel Petrovich Bajov bir paytlar aytganidek, “biznesda chorva mollari” bo’lishi kerak: “Har qanday biznesda chorva yeydi, mahoratdan oldin yuguradi va odamni o’ziga tortadi”. Ya’ni, P.P. Bajova, har bir kishi o’z ishiga ma’lum qiziqish, qiziquvchanlik, ijodiy ruh, innovatsion yondashuv bilan murojaat qilishi va kasbiy o’zini takomillashtirishga intilishi kerak. Albatta, buning uchun qo’lingizni turli sohalarda sinab ko’rishingiz kerak, aks holda siz insonning qanday moyilliklari, qobiliyatlari va qiziqishlari borligini hech qachon bilib bo’lmaydi.

Ammo har qanday odamning hayotidagi eng muhim savolga: “O’sib ulg’ayganingda kim bo’lasan?” Men javobni juda yoshligimdan bilgan edim.

Manba:

https://t.me/iRamond @iramond va @Uzjoku_Unversiteti

(Visited 3 105 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz