Insholar:
- Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi
- Madaniy nutq
- Vatanparvarlik
- Boburnoma
- Men sevgan qahramon
- Men sevgan shoir
- Navoiy
- Taraqqiyot strategiyasi
- Vaqt qadri
- Xotira
- Kitob – ma’rifat oʻchogʻi
Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi
RЕJA:
1. Maqsud Shayхzodaning hayot yo’li.
2. Shoirning ijodiy faoliyati.
3. Shayхzodaning shе’riy asarlari.
4. Shayхzodaning dramaturglik mahorati.
BAYONI
Atoqlii shoir va dramaturg Maqsud Shayхzoda 1908 yil Ozarbayjonning Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida tug’ildi. Badiiyatga еrta qiziqdi. O’zi е’tirof еtishicha, “hali alifboni еgallamasdan oldin”shе’r yarata boshladi. Ijodi onag’Vatanida ko’z ochdi, lеkin ilg’or fikrlari tufayli ta’qibga uchrab, 1929 yil Toshkеntga ko’chib o’tdi. Shundan boshlab umrining oхirigacha O’zbеkiston unga ikkinchi Vatan bo’lib qoldi. Toshkеntda shoir qator gazеta jurnallarda ishladi, oliy o’quv yurtlarida dars bеrdi, ilmiy faoliyat olib bordi. Uning ko’pdan ko’p tadqiqotlari o’zbеk adabiyotshunosligi rivojiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Nizomiy Ganjaviy, SHota Rustavеli, Shеkspir, Bobur, Bayron, Pushkin ijodiga bag’ishlangan maqolalarda bu san’atkorlarning jahon adabiyoti ravnaqidagi o’rni o’rganildi. Shayхzodaning, ayniqsa, Alishеr Navoiy poеtik mahoratini tadbiq еtgan ishlari ilmiy chuqurligi, go’zalligi bilan ajralib turadi. “G’azal mulkining sultoni” dеb atagan turkumdagimaqolalari hozirgacha yangi avlod navoiyshunoslariga o’rnak bo’lib kеladi.
Shеkspir, Bayron, Maхmumquli, Tagor, Avеtik Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarining o’zbеk tiliga o’girilgan qator namunalarida Shayхzodaning yuksak tarjimonlik san’ati namoyon bo’ladi.
Maqsud Shayхzodaning o’zbеk adabiyoti, madaniyati ravnaqiga qo’shgan hissasi mustaqil O’zbеkiston va uning hukumati tomonidan munosib е’zozlandi. Qator maktab va ko’chalar uning nomi bilan taqdirlangan.
ХХ asr o’zbеk shе’riyati rivojida Shayхzodaning o’rni katta. Rang barang shakl va mazmun, ko’tarinki ruh, o’ktam pafos bilan sug’orilgan shе’rlaridagi quyma obrazlar, ramziylik, so’zlardagi jarangdorlik, musiqiy salobat shoir asarlariga ajib badiiy yaхlitlik baхsh еtadi, o’quvchi qalbida shularga monand hissiyotlar to’lqinini uyg’otadi.
Shoir hеch qachon, kitobiy, sun’iy muammolarni izlamadi. U, еng avvalo, o’zini hayajonga solgan, o’zidagi fuqarolik va poеtik hujayralari ko’zini ochgan masalalarga murojaat еtadi. Shoir uyg’otgan yog’dular kitobхon qalbi, shuurga ham ko’chib o’tadi. O’zining yangi umrini boshlaydi. Uning shе’rlarida, ayniqsa, chiroyli badiiy obrazlar mo’ldir. Shoirga ba’zan dеngizdagi nuqtadеk qayiq “suv ustidagi хol” bo’lib tuyulsa, ba’zan chag’alaylar quyrig’i “Ufqqa bеrilgan savol” bo’lib jaranglaydi.
Shayхzoda shе’rlari “Chorak asr davomida”, “Dunyo boqiy”, “Хiyobon” singari o’nlab to’plamlarda bosilib chiqdi. Bu shе’rlar yuksak insoniy orzular bilan yashayotgan zamondosh хayollari, muhabbati, dardlari, umidlari bilan kuylandi. To’g’ri, qirq yil davom еtgan ijodida Shayхzoda Lеnin, Krеml, sho’rolar, irqa va firqaviylarni ham kuyladi. Lеkin bu zamon va tuzumning shoir taqdiri va ijodidagi muhridir. Biroq Shayхzoda shе’riyatining qimmati bu yo’nalishdagi asarlar bilan еmas, inson qalbining nozik va bеtakror holatlarininafis va ko’tarinki, umidvor aks еttirib, o’quvchida ana shunday go’zal onlarning yanada boyishida хizmat qiluvchi asarlari bilan bеlgilanadi. Shayхzoda shoirning asosiy vazifasini “inson ruhini tarbiyalash, odamda yaхshilik unsurlarini ko’paytirish, хalqqa go’zallik va nafosat tuyg’usini yanada ьaland darajada ko’tarishda” dеb bilgan еdi.
Uning “Toshkеntnoma” nomli lirik falsafiy dostoniga munosabatda ham shu nuqtayi nazardan kеlib chiqish to’g’ri bo’ladi. Shoining bu fikrlari o’zining aksar shе’rlari uchun ham ochqich bo’la oladi.
Maqsud Shayхzoda fikricha va iqroricha, hayotdagi buyuk nе’matlardan biri shе’riyat, tеngsiz go’zalliklardan biri shе’rdir. Shayхzoda “Shе’r chin go’zallik singlisi еkan” nomli shе’rida butun ijodi bo’ylab porlagan – shе’riyatning insonga chеksiz go’zalliklar, ruhiy tovlanish va еvrilishlar in’om еtguvchi mohiyatini kuylaydi, uning yangi-yangi qirralarini ochishga intiladi.
Shе’r sarlavhasidagi fikr, bir jihatdan, yangilik еmasdеk.
.
Madaniy nutq
Reja:
1-Nutq rang-baranligi.
2-Nutqning asosiy maqsadi.
3-Nutqning aniqlig va matiqiyligiga yetgazilgan zarar.
Til bir narsaning o’zini turilcha atash imkoniyati ham ko’pdir.Bunda ma’nodosh sõzlardan,sõzlarning kõp manoliligidan va yangi sõz yasash imkoniyatlardan foydalanadi. Turlicha ta’bir birikma,gap,fasl,bob va kitob doirasida ham amalga oshiriladi va bu bilan san’tning muhim asoslaridan biri bõlishi mumkun.Turlilik rang-baranglik vujudga keladi.
Õz nutqning yokiadabiy asariga badiylik ,eshituvchanlik yokiy õqtiuvchiga lazzat baģishlaydi
Harqanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni
tinglovchiga yetkazishdan iborat .
Shu yõl bilan unga ta’sir qlishdan ham ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bõlishi uchun albatta,madaniylik talablariga javob berishi zarur.Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bõlishi kerak.Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bulib uning asosiylari: tõğrilik, aniqlik, mantiyqiylik, ifodalilik,boylik, soflik, jõyayliklar kiradi.
Xalqda <Mehmon otangdan aziz> hikmat bor.Biror aqlli zor, otadan uluğ otadan aziz inson bôlmaydi. Shuning uchun nutqni tuģrilash maqsadida <Mehmon otangdek aziz> buldi buyerda 《-dan》õrniga
《-dek》qushimchasi quyildi,shunda nutq tuģriligiga erishamiz.
«Vatanparvarlik»
Reja:
1-Õzbekiston yoshlari
2-Tarixga nazar
3-Vatanimizning Shonliy tarixi
O‘zbekistonda yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratilgan. Uzoqni ko‘zlagan holda qabul qilingan kadrlar tayyorlash, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlari, yoshlarga oid davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimiz uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sis etilgan davlat mukofotlari, bunyod etilgan ta’lim maskanlari, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar. Bularning hammasi barkamol avlodni, demakki, ertangi kunimizning munosib davomchilarini, yurt kelajagi jonkuyarlarini tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar sirasiga kiradi.
Quvonarlisi, yuqoridagi ezgu g‘oya, maqsadlarni amalga oshirish – yoshlarni ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi intilishlarini bugun barcha jabhalarda har bir sohada ko‘rishimiz mumkin
Aslida, yoshlarning mustaqil dunyoqarash va faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlari uchun har birimiz mas’ulmiz. Ulardagi ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyat hissi bilan yashash, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash tuyg‘usini yanada kuchaytirishga, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama bilimdon qilishga muvaffaq bo‘la olsakkina marra bizniki. Vatanimizning salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari nechog‘li ulkan ekanligi, yurtimizning qadimiy va boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz va ular qoldirgan madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yoshlarni ongiga singdirib borish zarur. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”, deb alohida ta’kidlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarda.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, bundan 800 yil muqaddam Jaloliddindek pahlavon o‘g‘ilni dunyoga keltirgan Oychechak ona farzandlari qoniga ko‘krak suti bilan birga yurtining nafasini, mehr-muhabbatini, ozodlikka bo‘lgan buyuk sog‘inchini ham singdira oldi. U o‘z allalari bilan o‘g‘il-qizini Vatanga fidokorlik, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyaladi. Jaloliddinning fojiaviy tugallangan umri tarix sahifalarida jasoratning mislsiz timsoli sifatida muhrlanib qoldi. U forslardan Isfandiyor Xazar o‘lkasida asirga tushgan singlisini qutqarish uchun borib, o‘zi ham asirga tushdi. Zindonda undan “Nima xohlaysan?” deb so‘raldi. U esa “Vatanimning bir siqim tuprog‘i va bir qultum suvi”, dedi.
Ha, har bir inson qalbida tug‘ilgan joyiga nisbatan muhabbat bo‘lishi darkor. Bir faylasufdan so‘radilar: “Yashash qiyin bo‘lgan bu cho‘lu biyobonga qanday sabr qilasizlar?” U javob berdi: “Agar insonning tug‘ilgan joyiga muhabbati bo‘lmaganida edi farovon shaharlarga odamlar sig‘mas edi”.
Jonajon Vatanimizning shonli tarixi sahifalarini varaqlasak, ajdodlarimizni nechog‘lik vatanparvarliklariga guvoh bo‘lamiz. Ulug‘ tariqat peshvosi Najmiddin Kubro yurtimiz tarixida buyuk vatanparvarlik namunasini ko‘rsatdi. Vatan muhabbati ila bo‘lgan istaklaridan boshqa istaklarga quloq solmadi.
Vatanparvar farzandlarning jasorati bo‘lib abadiydir. Osoyishtalik, umuman, barqaror rivojlanishiga bog‘liqdir.
Navoiy g’azal mulkining sultoni
Reja
1. Kirish
2.Navoiy va bulbul
3. Asosiy qisim:
a) Navoiy g’azallari shaydosiman.
b) Navoiyning buyukligidagi oddiylik xulosa
Ogohiy, kim topgo’y erdi
so’zi nazmingdin navo,
Bahra gar yo’qdir
Navoiyning merosidan sango
…U bog;da dtirib, yoqimli, jarangdor ovozi bilan o’zi bitgan g’azalni o’qiy boshladi. Uning shunday go’zal ovozi bor edi-ki, bundan sarmast bo’lgan borlik ham unga quloq tutgandek edi, goyo… Chandorda onish qiloyotgan bulbul ham uning ovoziga maliyo bo’lib, onishdan toxtadi va sorti: “Ey yoqimli ovoz so ibi! Sening shunday go’zal ovozing bor ekan, aytiki sen o’zingga ta allus tanladingmi?”
“Yo’q”-deb lavob beribdi u. Unday bo’lsa sen o’zingga “navo” ta’allusini tanla,-debdi bulbul. U uzoq o’ylabdi va o’ziga Navoiy deb ta’allusini tanlabdi. Ha, bu ulug’zot- o’zbek adabiy lilining asoschisi, buyuk so’z san’atkori Mavlono Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari edi.
Navoiy deganda eng avvalo ko’z ongimizda yorqin bir simo gavdalanadi. Biz uni o’z ko’zimiz bilan ko’rmagan bo’lsakda, u haqida juda ko’p o’qiymiz, izlanamiz
Xalqimizda Navoiynibilmagan, u haqida eshitmagan,
uning go’zallaridan yod olmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak. Chunki Navoiyni bilmaslik, o’z lilini hurmat qilmaslik bilan boro-bardir. Tilimizda go’zal asarlar yaratgan buyuk adibimiz necha-nacha zamomlardan biri ulug’lanib kelingan. Uning Far odu shirinlari, layliyu Majnunlari bugun ham bar, hayotdirlardir.
Uning yaratgan asarlari, mumtoz g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuqari har bir kshining ma’naviy oziqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida g’ayriaddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuyg’ulari tarannum etilgan.
Men har gal Navoiy g’azallaridan yod olganimda ularning mag’zini chaqishga qilaman. Chunki har bir g’azalda o’zgacha bir dam yashiringan.
Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin?
Ko’ngluma har biring dardu balosinmu deyin?
Ko’zi qahrinmu deyin, kep-rigi zahrinmu?
Bu qudurat oza ruxsori safosin deyin?..
Navoiy yoshligidan boshlab o’ta zrhnli, ziyrak, aqli bola bo’lgan. U yetti yoshida boshab g’zallar yoza boshlagan.
Orazin yopqoch ko’zimdir sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, ni-har bolg’och
quyosh…
O’zing on ikki ming she’rini shu birgina baytga almashmoqchi bo’lgan Lutfiy ham unga ko’ngil qoladi va uning buyuk kelajagiga ishonadi. Jomiy hazratlari ham Naoiyning asarlariga tan berib: “yahshiyamki Navoiyning asarlari turk tilida, agar ular fors tilida bo’lganda, bizning asarlarni hech kim o’qimagan bo’lar edi”,- deb aytib o’tgan rkanlar.
Buyuk zotlarning Navoiyga tan berishga ham uning asarlari qanchalik bebaho ekanligi yorqin isbotidir. Kecha oqshom o’tirib, Navoiydan yod oldim:
Kichkina ma’lum emas hali parishonim meni,
Osmonni pord qildi tiyri afg’onim meni
Men nechuk shod etmayin bu hosta ko’nglumni bukun,
Keldi holimni so’rab jona-jonim meni
G’azalni bot-bot o’qib ekanman, unda Navoiyning ichki his-tuyg’ulari, dardlari borligini payqadim.
Biz Alisher Navoiy nomini ulug’lab, ko’klarga ko’taramiz. Ular buyuk zot bo’lsa ham, aslida juda kamlarin, oqko’ngil, xalqparvar, oily-janob inson bo’lganlar. Hash, Navoiyning buyuklidagi anao’sha oddeylik nimada? Navoiy hamisha xalq orasida yashagan. Navoiyni mansab, shon-shuhrat emas, balki il-yurt uchun xizmat qilish qiziqtirar edi.
U umri davomida xilqning qilish dardi bilan yashad, Navoiy o’z tasavvurida oddiygina bir inson edi. Lekin uning qalb quashi hamisha parlab turar edi.
Navoiy ham fars ham tojik tillarida ijod etgan. uniong yaratgan boy merosi o’zbek xazinasining duru-javohirlanadir. Ha, biz bejiz! Lekin shoir og’r kasallik tufayli 1501- 3-yanvarida vafot etdi.
Bu esa Navoiyning zamondoshlari uchun og’ir bu musubatga aylandi.
O’limidan har bir uyga tushdi matam.
Mamlakatning har burchidan chiqdi fiqon.
Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham.
Vaqt qadri
reja:
1)Vaqtni qadirlash kerak
2)Vaqting ketdi naqding ketdi
3)vaqtni kerakli ishga sarf qilish
Har bir insonda vaqtini qanday tarzda ôtkazish uni kerakli ishga sarf qilib yônaltirgisi keladi .Bazi bir insonlar borki vaqtni qadriga yetmaydi ular vaqtlarini bekorchi keraksz narsalar uchun sarflaydi.inson umrining deyarli hamasi vaqtga bogliq deb oylayman.Chunki inson qilayotgan bemaniyu qandaydir juda samarali
ketgan vaqti unga juda kata kuch gayrat bera oladi deb oylayman.
Albata biz ham bilamizki vaqt bolmasa malum bir ishimiz bitmay qolishi mumkin.shuning uchun ham vaqtni qadrlashimiz kerak
2) Dono xalqimizda shunday maqol bor «Vaqting ketdi naqding ketdi» bu maqol bejizga aytilmagan bolsa kerak.
Vaqt oliy xakam har qanday narsaning vaqti soati boladi
albata biz ôz vaqtimizni qanday ishlarga sarf qilishimiz ozimizga bogliqligini bilamiz.
Shuning uchun ham oz vaqtimizni samarali foydali ishlarga sarf qilishni bilishimiz kerak..
3) ôz vaqtimizni ozimiz togri yolga sarf qilishni bilmogimiz darkor
masalan biror bir kishi vaqt bekor ketmaslik uchun kimdir bilim darajasini oshirish uchun kitob oqiydi.Yana kimdur bolsa bu ishlarni teskarisini qilishi mumkin
Agar har bir inson ôz vaqtini togri sarf qila olsa anashunda vaqt samarasi kôrinishi mumkin.
Men sevgan shoir ( Muhammad Yusuf )
Reja:
1.Men sevgan shoir Muhammad Yusuf
2.Muhammad Yusufning hayoti
3.Shoirning she’rlari
#1reja
Men sevgan shoir Muhammad Yusuf nafaqat mening balki boshqa ko’p insonlarni eng sevgan shoiri Muhhammad yusuf hisoblanadi.Hozr O’zbekistonda eng ko’p va eng sevib uqiladigan,yodlanadigan she’rlarning asosiy qismi Muhammad Yusufniki hisoblanadi.Muhammad Yusufni nafaqat O’zbekistonda balki boshqa davlatlarda ham juda mashhur shoir hisoblanadi.Biz shuning uchun ham Muhhammad Yusufni juda sevamiz va qadirlaymiz.
#2reja
O’zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog’ida tug’ilgan. 1971-yili o’rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so’nggi kun-lariga qadar esa O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari lavo-zimida ishlagan.Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi.
#3reja
Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. El mehriga sazovor boʻldi.“Bulbulga bir gapim bor”Bevafo koʻp ekan”Ulugʻimsan, Vatanim”singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi.Shoirga yana ko’plab ordenlar ham topshirilgan.Muhammad Yusufning she’riyat olamiga qushgan hissasi juda katta.
Men sevgan adabiy qahramon
Reja:
1-Men sevgan adabiy Otkir Hoshimov
2-Õtkir Hoshimov Õzbekistom Xalq yozuvchisi
3-Mening qahramonim mening Faxrim
O‘zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O‘tkir Hoshimovdir (1941 – 2013). U qariyb qirq yildan buyon o‘zining ajoyib publitsistik maqolalari, xikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shib keldi. O‘tkir Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan.Tarjimai holNoyob iste’dod sohibi O‘tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muhtorov, Shukur Holmirzaev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O‘sha paytda adabiyotimizning Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Maksud Shayhzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo‘lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib qilavermasdi. O‘tkir Hoshimov esa Abdulla Kahhordek mashhur san’atkor e’tiborini jalb qilgan yoshlardan edi.O‘tkir Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Do‘mbirobod mavzeida tavallud topdi. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan.1958 yilda o‘rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika bo‘limining avval sirtqi, so‘ngra kunduzgi bo‘limida o‘qib, 1964 yilda tugatadi. 1959-1960 yillarda «Temir yo‘lchi», 1960 yilda hozirgi «O‘zbekiston ovozi», 1960-1982 yillarda «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi», 1982-1983 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1985-1995 yillarda «Sharq yulduzi» jurnaliga bosh muharrir va 1995 yildan 2004 yilgacha O‘zbe…
«Ikki eshik orasi» romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda ozbek xalqining fazilatlari – jumardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yoqotmasligi, mehridaryoligi, teran tuygular, yorqin boyoqlarda tasvirlangan.
Asarda adib qariyb qirq yillik davrni oz ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida ozbek xalqining urush davridagi hayoti, umr yolidagi chigalliklarni mahorat bilan qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy qadr-qimmatini yoqotmagan insonlar, oz taqdirini Vatan taqdiri bilan boglagan xalq qismati tasvirlangan. Asarni oqigan kitobxon ijodkorning osha davr ruhini asarda toliq mujassam ettira olganligiga guvoh boladi.
Õtkir Hoshimov Adabiyotimizning namayonda yozuvchilaridan bridir.
Õz asar va romanlari bilan adabiyotimizga uz hisasini qusha olgam shaxsdir.Menga yoqan romani»Ikki eshik orasi» bu roman har bir õquvchi kunglidan munosib õrin egallay olgan, ayniqsa urush davrida Vatn taqdiri odmalar qismati mukkanmal ravishda tasvirlanga har bir uquvchini kunglidan munosib õrin egallay olgan.
Kitob – ma’rifat oʻchogʻi
Reja:
1. Kitob tafakkur gulshani.
2. Kitobga oshno qalblar
3. Kitob – kelajagimiz poydevori.
Kitob insoniyat kitob durdonalari toʻlab avlodlarga yetkazuvchi vosita, odamzot yaratgan moʻjizalardan biri hisoblanadi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti v maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi. Kitob moziy darakchisi bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yoʻlboshlovchisi. Uma’naviy hazina haqiqiy boylik. Dono xalqimiz kitob haqida shunday deydi: «Kitob koʻrmagan kalla – giyoh unmagan dala». Bu hikmatli soʻzda shunday ma’no borki, giyoh oʻsmagan dalani hech kimga foydasi yoʻq, undan hech kim manfaat topmagani kabi kitob koʻrmagan kalla ham shu kabi hech kimga foydasi tegmaydi, oʻz fikrini namoyan qila olmaydi, qaysi gapni qayerda ishlata olmaydi. Shuning uchun koʻp kitob mutolaa qilib tafakkurimizni oʻstirishimiz zarur.
Ajdodlarimiz hayotida ham kitob muhim rol oʻynagan. Ular kitobni oʻz doʻstlariday koʻrishgan. Jumladan Alisher Navoiy shunday degan: «Kitob-beminnat ustoz.har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi». Kitobni biz azaldan boylikdan ustun qilib kelganmiz. Bunga bir misol, Abu Ali Ibn Sino Buxoro hukmdori Nux ibn Mansurni davolagach, evaziga oltini kumushga toʻla sandiqqa emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni avzal kran edi. «Kitobdan yaxshi doʻst yoʻq», «Kitob-beminnat doʻst» kabi maqollarni eshidganmiz. Buyuk rus olami Aleksandr Pushkin doimo kitobni doʻst tutgan . Pushkin vafot etar chogʻida, unga «doʻstlaringiz bilan vidolashing», deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javonida termulib, «Xayr, mening doʻstlarim!» deya jon bergan. Biz ham kitobni doʻst tutmogʻimiz lozim, zero barcha bilimlarning manbai bu kitob.
Inson bilimli tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli boʻlishining muhim olimi-bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish, kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Kitobga hamroh boʻlgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini oʻrganadi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida o’rni bor. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bu kitobdir. U kelajagimiz poydevori. Shunday ekan aziz yoshlar kitob oʻqing zero, kitob insonning hayot yoʻlidagi yoʻldoshi boʻlsa, hayot soʻqmoqlaridan mamnuniyat bilan oʻtadi.
Xotira va qadrlash kuni
Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug‘.
9 may – Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan ushbu umumxalq bayrami mamlakatimizda keng nishonlandi.
Mustaqilllik yillarida bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sanaga aylandi.
Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari xotira va qadr tushunchalari bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat-shafoatga to‘la insonlargina o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi va fidoyi yurtdoshlari, yorug‘ kelajak yo‘lida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga yetadi.
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 61 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda yurtimizda Xotira va qadrlash kuni alohida e’tibor bilan bayram qilinayotgani teran ma’noga ega. Binobarin, Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g‘alabani ta’minlashda yurtdoshlarimizning ham jasorat va xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Jangu jadallarda jon olib-jon bergan minglab o‘zbek o‘g‘lonlari, front ortida tunni tongga ulab mehnat qilgan, rizqu nasibasini o‘zgalar bilan baham ko‘rgan mehri daryo vatandoshlarimiz matonati va fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi.
Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Ayniqsa, o‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir. Shu ma’noda, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, og‘ir jangu jadallarni boshdan kechirgan, yarador bo‘lib qaytgan keksalarimizni, front ortida mashaqqatli mehnati bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan insonlar, ayniqsa, onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish va munosib taqdirlash milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng o‘rin olgani quvonchli.
Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 4 maydagi Farmoniga muvofiq Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 61 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarining pul bilan mukofotlanishi ularga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin namoyishidir.
Eng muhimi, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam muhrlanmoqda. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga o‘rgatadi. Xotira bo‘lmas ekan, Qadrlash ham yo‘q. Ushbu tushunchalar mustaqillik davri avlodi uchun o‘ziga xos ma’naviy qadriyatga aylandi. Illo, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, buyuk g‘alabani buyuk jasoratli insonlar ta’minlagan va biz, minnatdor avlodlar bu fidoyi yurtdoshlarimizni doimo ulug‘laymiz, ularning beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz.
9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har kungidan ham gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, deputatlar va senatorlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurgan.
Maydon uzra sokin musiqa sadosi taraladi. Janggohlarda jon bergan vatandoshlarimizning nomlari abadiy muhrlangan “Xotira kitobi”ning zarhal varaqlari Vatanning fidoyi o‘g‘lonlari qismatidan shahodat beradi. Motamsaro ona qiyofasida iztirob va umid namoyon…
Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo etdi.
– Bugun, 9 may – yurtimizda Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan umumxalq bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman, – dedi Islom Karimov jurnalistlar bilan suhbatda.
«Boburnomadan olgan taassurotlarim » insho
Reja:
1. Boburning hayot yõli
2. «Boburnoma» haqida bilganlarim
3. Boburiylar sulolasiga oid Tojmahal haqida
«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir».
Eduard Xolden
Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi
di. Yana bir Boburiylar sulolasiga oid yodgorliklar bilan tanishib õtsak:
Tojmahal – Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 1652). Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 yil 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.
Maqbara (loyiha meʼmori Usto Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x104x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Tojmahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, Samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida Buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.
Taraqqiyotlar strategiyasi
Reja:
Kirish: Zamonaviy yurt taraqqiyotida yangi sahifa
Asosiy qism:
a)Yangicha boshqaruv va yangicha strategiya
b)Yangi O’zbekiston bosib ōtayotgan yōl
d)Ōtgan tariximizga nazar solaylik
Xulosa:Vatanga munosib farzand bōlaylik!
Bugun O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu yo’lda u jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do’stona hamda o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Qisqa davr ichida O’zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga asos bo’luvchi ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. SHunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo’yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yillar o‘tgani sayin tobora mustahkamlanib, ko‘zga yanada yorqinroq tashlanmoqda. Zero, tarixan qisqa davr ichida barcha sohada mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu haqli ravishda ko‘pchilikning havasu hayratiga sabab bo‘layotir.
Xulosa ōrnida shuni aytishim joizki yurtboshimiz tomonidan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda biz mana shu imkoniyatlardan foydalangan yurtimizga munosib farzand bōlishimiz kerak.
Manba:
https://t.me/iRamond @iramond va @Uzjoku_Unversiteti
Thank you