1982 yil. Universitet qoshidagi liseyning 2-kurs o‘quvchilari iqtisodiyot fani o‘qituvchisini kutishayotgan edi. Sinf o‘quvchilarning shovqin-suronidan larzaga kelarkan, eshikdan qattiqo‘l ustozning qorasi ko‘rindi. U bolalarga sovuq nigohini qadab, qo‘lidagi bur bilan doskaga kattakon 1 raqamini yozdi.
– Qaranglar! – dedi u.
– Bu insoniylik. Insoniylik hayot bizga berishi mumkin bo‘lgan eng qimmatbaxo narsa. Keyin «1» ning yoniga 0raqamini yozdi:
– Bu muvaffaqiyat. Insoniylik muvaffaqiyat bilan birga bo‘lsa, «1» ni «10» ga aylantiradi, – dedi ustoz va doskadagi raqam yoniga yana bir «0» qo‘shdi.
– Bu esa tajriba. «10» bo‘lsangiz «100» ga aylanasiz. Nollarni istaganingizcha qo‘shing: malaka, qobiliyat, intizom, sevgi va hokazo. Qo‘shilib borayotgan har bir nol insoniylikni 10 barobar kuchli qiladi. Keyin qo‘liga lattani olib, kator boshida turgan «1» ni o‘chirib tashladi Doskada bir talay «0» lar qoldi. Ustoz sukunatni buzib, dedi:
– Insoniylik bo‘lmasa, boshqasi bekor!!! Sinfda tag‘in jimjitlik hukm surdi.