Intellektual mulk nima? – Ilm va faktlar

Intellektual mulk nima?

1970-yil 26-aprel kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tashkil etilgani to’g’risida Xalqaro konvensiya qabul qilindi.

Unga muvofiq BIMT – bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijod va intellektual mulk bo’yicha ixtisoslashgan agentligi bo’lib, uning faoliyati asosan butun dunyoda muvozanatli va erkin xalqaro intellektual mulk tizimini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.

2000-yil sentyabr oyida esa Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh assambleyasi Xalqaro intellektual mulk kunini ta’sis etdi.

Shunday qilib, «Xalqaro intellektual mulk kuni» 2001-yildan boshlab nishonlana boshlandi.

Yangi g’oyalar va texnologiyalarni himoya qilish, intellektual mulk ahamiyatini oshirish maqsadida har yili «Intellektual mulk kuni» dolzarb sohani rivojlantirishga bag’ishlanadi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim