“Iqtidorli yoshlar yurt iftixori. ”
Raja:. 1) Bilimli yoshlar yurt tayanchi. 2)Zamonaviy hayotimizda yaratilgan imkoniyatlar.
3) Oʻzbekiston kelajagi buyuk davlat! Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi.
Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi… Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yosh