Ish haqi statistikasi

Statistika agentligi 2023 yilgi o‘rtacha oylik maoshlari haqida ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 million 323 ming so‘mni tashkil etgan.

Doimgidek ta’lim (3 million 123 ming so‘m) hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 million so‘m) sohalaridagi o‘rtachi ish haqi miqdori boshqa sohalarga nisbatan eng pasdan o‘rin olgan.

Kelajagimiz aniq. Ta’lim muassasalaridan chalasavod kadrlar chiqishda davom etadi (Chunki arzimagan bu oylikka deyarli hech bir pedagog fidoiylik qilmaydi). Bu kadrlar ishlab chiqarishga kirib boradi. Yurtimiz korhona, tashkilotlarida esa bu chalasavod “kadrlar” dastidan birinchi bo‘lib rahbariyat, keyin esa qolganlar asab kasalligi va boshqa kasalliklarga chalinaveradi. O‘z-o‘zidan sog‘liqni saqlash sohasiga ham kirib borgan o‘sha “kadrlar” ularni davolash o‘rniga mayib-majruh qilishda davom etadi. Natijada shifo izlab xalqimiz Hindiston, Germaniya va boshqa davlatlarga yuguradi.

 

https://t.me/Tafakkur3

(Visited 39 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz