“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

👦 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

🗒 Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“V” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.

💳 Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 24-oktabr 15-noyabr qadar davom etadi.

⬇️ Anketalar va festival nizomini yuklab olish uchun havola:

YakkaJamoaviyNizom

(Visited 159 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz