Kambag’allik esse

Kambag’allik esse

Ushbu mavzuni ko’rganimda hayolimga juda ham ko’plab fikrlar keldi. Aslida kambag’allik nima? Kambag’allik aybmi?

Yuqoridagi savollarga mening javoblarim quyidagicha:

Ya’ni kambag’allik bu – moddiylik bo’yicha yetishmovchilik emas, balki ma’naviyatning yetishmasligi deb o’ylayman. Misol qilib aytadigan bo’lsam, kambag’al oiladan chiqqan boy insonlar ham bor. Ho’sh bunga nima sabab? Aniq qilib aytadigan bo’lsam: qashshoq oilada voyaga yetgan vola ko’proq yuksaklikka intiladi va oilasini qashshoqlikdan qutqarishga intiladi. Ammo to’qchilikda katta bo’lgan aksariyat bolalar doimo hayot shunday bo’ladi, hech qachon, hech narsadan kam bo’lmayman deb o’ylashadi. Biroq hammasi o’tkinchiligini kech anglab yetishadi. Aslida kambag’allik ham ayb emas. Ammo ota-bobolarimiz aytganlaridek “Kambag’al bo’lib kelish ayb emas, balki kambag’al bo’lib ketish aybdir”. Zeroki ushbu fikr juda ham to’g’ri deb hisoblayman.

Jeyms Braun ushbu insonning ham kelib chiqishi aslida kambag’allik bilan bog’liq. U yoshligidanoq juda qiziquvchan inson bo’lgan. Ya’ni yoshligidan qanday qilib elektr va yoqilg’isiz uzoqni yaqin qiluvchi narsani o’ylab topishga harakat qildi. Va velosipedni o’ylab topdi. Ushbu ixtirosi sabab 1 oy ichidan boyga aylandi. Albatta izlagan chora topar degan maqol bejizga aytilmagan.

Demak men ushbu mavzudan quyidagicha xulosa chiqardim. Ya’ni hech qachon kambag’al bo’lishdan uyalmaslik kerak, balki ma’naviyati yo’qlar uyalsin. Va albatta kelajagimizni qnaday bo’lishi ham o’zimzga bog’liq ekan. Ertaga kim bo’lishimiz bugungi harakatimizga chambarchasdir. Xulosa esa o’zingizdan.

 

Baratova AzizA

 

 

 

Manba:

@iRamond  

(Visited 10 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim