Savol: Maktablarda kimlar sinf rahbari lavozimiga tayinlanishi mumkin. Sinf rahbarini kim tayinlaydi?
Javob:
Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 30 iyuldagi 180-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan maktab direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Boshlangich sinflarda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.
Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosari, psixolog, yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga yordam berish, ularning samaradorligini oshirish, ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga barcha sinf rahbarlari a’zo hisoblanadi.
Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.