Kostitutsiya mavzusida esse

Kostitutsiya baxtimiz va porloq kelajagimiz kafolatidir

Reja:
1. Konstitutsiya baxtimiz qomusi.
2.Konstitutsiya erkinligimiz kafolati. 3.Qomusimiz-baxtimiz
Konstitutsiya xalqimizning siyosiy-huquqqiy tafakkuri mahsuli, asriy qadriyatlarimizning beqiyos timsolidir.
(SH.Mirziyoyev) Dunyo ulkan,bepoyon va qiziqarlidir. Yangi narsalarni o’rganish,notanish voqealarni idrok qilish va anglashdan maroqliroq mashg’ulot ham topilmasa kerak. Buning esa ming-minglab yo’llari mavjuddir:mutolaa qilish, ilmiy-ommabop teleko’rsatuvlarni tomosha qilish tajriba sinovlar o’tkazish, yangidan yangi odamlar bilan tanishish,u yoki bu masalani muhokama etish.Konstitutsiya garchi hajman anchayin chog’roq hujjat bo’lsa-da,unda shunchalik ko’p bilim va donishmandlik jo etilganki,mazmuni butun boshli olam bilan qiyoslagulikdir.Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat hayoti uchun asosiylarini o’ta muhimlarini tanlab oldi.Aynan ana shu tanlab olinganlari konstitutsiyaning yaratiloshiga poydevor bo’ldi. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki,hech bir odam ularsiz yashay olamydi,negaki inson har kuni duch keladigan muammoni hal etilishi ham ko’pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoida va moddalarga bog’liqdir. Umumiy ishlarni hal etish uchun kishilardan birlashish,davlat tashkil etishni davlat odamlariga ishonib topshirish talab etilgan. Ammo hamma vaqt ham davlat odamlari qolgan aholiga nisbatan odilona ish tutaverishmagan. Ayni mahalda ayrim odamlar davlat odamlari buyruqlariga bo’ysunmagan jamiyat qoudalarini buzgan hollar ham uchrab turgan. Qonunlarni kishilarning birgalikda yashashi va ishlashi uchun eng muhim hujjatlarda mustahkamlangan qoidalarni yaratishga ehtiyoj vujudga kelgan.
Qadimgi Gretsiya faylasufi Platon davlat va qonunlar yaratish sari bosib o’tgan yo’lini shunday tavsiflaydi:”Deydilarki,adolatsizlikka yo’l qo’yish ,odatda, soz unga sabr qilosh esa og’ir kechdi.Ammo,ma’lum bo’ldiki, birinchisida yaxshisiga qaraganda, ikkinchisida yomoni ko’proq ekan.Kishilar har ikkalasini ham ta’tib ko’rishganidan so’ng bir-birlari bilan ahdlashib olish zarurligini anglab yetishdi.Adolatli sanalgan narsa qonunga aylandi.Qonuniylik ca adolat shu tariqa vujudga kelgan”. Mamlakatda boshqa qonunlar poydevori bo’lgani sababli konstitutsiya davlatnins asosiy konuni hisoblanadi. Inson o’z hayotini borliqqa,uning qoidalariga e’tibor bermay tashkil eta olamaydi.Shuning uzun o’zini kashf qilishda o’rganishda uning xususiyatlarini,me’yorlarini kengroq bilishga intiladi. Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiysiyosiy xususiyati taraqqiyotining bosh mezonlari,mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari va ifodasini topgan bo’ladi.
Vatanimiz taqdirida konstitutsiyaning o’rni beqiyosdir.Konstitutsiyamizni ta’riflaganda, balki qoidalarini moddama-modda ro’yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimizn katta ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatini fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o’zining to’liq ifodasini topgan. Unda hayotimizning garovi bo’lmish tinchlik, osoyishtalik,totuv hayotning asoslari belgilab berilgan.

(Visited 16 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz