Mahalla «yettiligi» kimlar va ularning vazifalari – Ilm va faktlar

Mahalla «yettiligi» kimlar va ularning vazifalari

Mahalla «yettiligi» kimlar va ularning vazifalari bilan tanishib oling!

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

➖ mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;

➖ hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;

➖ yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;

➖ xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

➖ Profilaktika inspektori Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

➖ soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;

➖ ijtimoiy xodim – yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanish.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim