[:uz]Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?[:] – Ilm va faktlar

[:uz]Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?[:]

[:uz]Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

➖100 metrga yugurish;

➖joyidan turib uzunlikka sakrash;

➖turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);

➖ yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.[:]

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.