(Ўзбекча) Mantiqiy savollar

telefon

Бубахшед, ин ришта танҳо дар дастрас аст Ўзбекча For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

1. Nomini aytishingiz bilan u yo’qoladi. U nima?  J: Sukunat deya aytishingiz bilan u yo’qoladi.

2. Kim o’tirgan holida yura oldi?  J: Shaxmat o’ynayotgan odam;

3.Akbar sakkizga to’lganida otasi 31 yoshda edi. Endi esa otasi Akbardan ikki baravar katta. Xo’sh, Akbar necha yoshga kirdi?  J: Akbar 23 yoshda, otasi 46 yoshda;

4.Savatda 5ta olma bor. Besh kishiga teng tarqatildi. Ammo savatda bitta olma qoldi. Qanday qilib shunday bo’lishi mumkin.  J: Beshinchi kishiga olma savati bilan berilgan.

5. 2 litr sutni qanday qilib bir litr bankaga joylash mumkin? J: Tvorogga aylantirib;

6.Qanday idishda ovqatlanib bo’lmaydi?  J: Bo’sh idishda.

7.Qaysi kemani kapitan emas komandir boshqaradi?

J:Kosmik kemani kapitan emas komandir boshqaradi.

8.Otlarning bir-birini ustidan sakrashini qayerda ko’rishimiz mumkin?  J: Shaxmat taxtasida.

9.Bir kishiga aytishingiz bilan o’z mohiyatini yo’qotadi unima?  J:  Hayol.

10.Saroy va kulba yonayapti. Militsiya  xodimlari birinchi navbatda qaysi birini o’chiradi?

J: Militsiya xodimlari o’t o’chirmaydi.

11.Bog’lamoq mumkin ammo yechib bo’lmaydi. U nima?   J:  Rishta

12.Mashhur fransuz adiblaridan birining Eyfel minorasini ko’rishga ko’zi yo’q edi. Ammo u har kuni Eyfelning birinchi qavatida tushlik qilardi. Bu holatni qanday qilib izohlash mumkin?

J:  Parijda faqat Eyfelning 1- qavatidagina  bu ulkan minorani ko’rmaslik mumkin.

13. Odam qanday qilib 8 kun  uxlamasligi mumkin?   J:8 kun uxlamagan odam 8 tun uxlaydi.

14.Nuriddin doim futbol boshlanishidan oldin aniq hisobni ayta oladi. Shunaqa ham bo’lishi mumkinmi?  J: Futbol boshlanishidan oldin hisob 0:0  bo’lganligi uchun faqat Nuriddin emas hamma odam ayta oladi.

15.U hamma tilda javob qaytara oladi. Xo’sh nima u?   J:   Aks sado.

16.Qaysi yo’ldan hech kim yurmaydi, mashinalar qatnamaydi?  J:  Somon yo’lidan.

17.Nimaning qanoti bor suza olmaydi, ko’zlari bor Yuma olmaydi, oyoqlari bo’lmasa ham uni quvib yeta olmaysiz?   J: Baliq.

18.Yomg’irda  qo’lida soyaboni bo’lmasa ham, bosh kiyimi bo’lmasas ham kimning sochlari xo’l bo’lmaydi?   J: Kal odamning.

19. Qaysi so’zni doimo “Notog’ri”  yozamiz?  J:  “ Notog’ri ” so’zini.

20.Uysiz shaharlar, suvsiz daryolar va daraxtsiz o’rmonlarni qayerda uchratishimiz mumkin?

J:  Xarita va globuslarda.

21.Azizaning nikoh uzugi qahvali finjonga tushib ketdi, lekin ho’l bol’lmadi.  Qanday qilib?   J:  Hali qaynoq suv quyilmagan edi.

22.Qaysi oyda 28 kun bor?  J:  Hamma oyda.

23.Qanday olov kechayu kunduz yonib tursa ham xonanai isitmaydi?  J;  Suratdagi olov.

24.Ko’chada ketayotib yashil odamni ko’rsak nima qilamiz?  J:  Yashil odam  yo’l belgisi, yo’lni kesib o’tamiz.

25.Qora mushuk uydan qachon tez chiqib ketadi?  J:  Uy eshigi ochiq bo’lsa.

26.Vazira va Zamira birgalikda 50 metr yo’lni bosib o’tishdi. Ular necha metrdan yo’lni bosib o’tishgan?  J:   Ikkalasi ham 50 metrdan yo’l bosishgan.

27.Suv ostida gugurtni qanday yoqish mumkin?  J:  Suvni stakanga solib, gugurtni uning ostidan yoqish mumkin.

28.3 dona tuxum 5 daqiqada qaynab pishsa 2 dona tuxum qancha vaqtda pishadi?   J:  ikki dona tuxum ham 5 daqiqada pishadi.

29. O’rta bo’yli erkak qahvaxonaga kirdi va  non, qahva, salat va taom buyurtirdi. Ofitsant savol berdi

-siz o’t o’chiruvchimisiz?

-ha

Ofitsant bu kelishgan erkakni o’t o’chiruvchi ekanligini qayerdan bildi?  J:  Formasidan.

30.Jahongir vertalyotga chiqdi.  Oldida  ot,  otning orqasida mashina  Jahongir qayerda?

J:  Bolalar maydonidago karuselda.

31.Qozon qanchalik katta bo’lmasin unga nima sig’maydi?   J:  Qopqog’i.

32.Soy juda tezlik bilan shovullab oqyapti. Tepasidagi daraxtda xo’roz o’tiribdi. Xo’roz tuxum tug’sa toshga tegib sinadimi yoki oqib ketadimi?  K: Xo’roz tuxum tug’maydi.

33. Suvning tagida qanday tosh bo’lmaydi?  J:  Quruq tosh bo’lmaydi.

(Visited 288 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Comment

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz