Markaziy Osiyo davlatlaridagi etnik tarkib

Markaziy Osiyo davlatlaridagi etnik tarkib

▪️O‘zbekiston

2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37 million 543 ming kishini tashkil etgan.
2021 yil boshida (34,6 mln kishi) o‘zbeklar 84,4% yoki 29,2 mln kishini tashkil etgan. Boshqa yirik millatlar:

Tojiklar – 1,7 mln kishi (4,9%)
Qozoqlar – 821,2 ming kishi (2,4%)
Qoraqalpoqlar – 752,7 ming kishi (2,2%)
Ruslar – 720,3 ming kishi (2,1%)
Qirg‘izlar – 291,6 ming kishi
Turkmanlar – 206,2 ming kishi
Tatarlar – 187,3 ming kishi
Koreyslar – 174,2 ming kishi
Ukrainlar – 67,9 ming kishi
Ozarbayjonlar – 41,2 ming kishi
Beloruslar – 18,5 ming kishi
Boshqa millatlar – 426,4 ming kishi

▪️Qozog‘iston

2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Qozog‘iston aholisi 20 million 286 ming 84 kishi bo‘lgan.
2024 yil boshida (20 033 546 kishi) qozoqlarning umumiy aholidagi ulushi 70,98% yoki 14,2 mln nafarga yetgan. Eng yirik millatlar qatorida:

O‘zbeklar – 660,6 ming kishi (3,3%)
Ruslar – 2,98 mln kishi (14,89%)
Ukrainlar – 375,9 ming kishi (1,88%)
Uyg‘urlar – 301,6 ming kishi (1,51%)

▪️Qirg‘iziston

2024 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston aholisi 7 million 219 ming kishiga yetgan.
2022 yil boshida (aholi soni 6,7 mln kishi) qirg‘izlar 4,9 mln kishi yoki 73,13% ni tashkil etgan. Boshqa millatlar esa:

O‘zbeklar – 999,3 ming kishi (14,9%)
Ruslar – 335,2 ming kishi (5%)
Uyg‘urlar – 61 ming kishi (0,9%)
Tojiklar – 60 ming kishi (0,9%)
Turklar – 45,8 ming kishi (0,6%)
Qozoqlar – 36,8 ming kishi (0,5%)
Tatarlar – 26 ming kishi (0,3%)
Ozarbayjonlar – 21,6 ming kishi (0,3%)
Koreyslar – 16,9 ming kishi (0,2%)

Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda asosiy etnik tarkib shakllangani va muayyan millatlarning aholidagi ulushi saqlanib qolayotganini ko‘rish mumkin.

(Visited 5 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim