Matematikaga bolalarning qiziqishini oshirish uchun 5 ta maslahat

matematika

Hurmatli o‘qituvchi va ota-onalar, matematika borasida bolalarni shoshtirmang, noto‘g‘ri javoblarni ham rad qilmang.

Qachon oxirgi marta bolangizga matematika fanidan uy vazifasini bajarishga ko‘maklashdingiz? O‘sha paytda nima his qilasiz? “Bo‘laqol tezroq, 2+2=4, nimasi qiyin buni”. Hayolingizda shu. Maktabda ham bolalarni doim shoshtirishadi: yechimini tezroq topamiz, osonku, bu mavzuni o‘zlashtirganmizku. Maktab o‘qituvchisi va «Math for love» loyihasini maullifi Den Finkel fikricha, xuddi shu yo‘l bilan o‘quvchining fanga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotar ekanmiz. Lekin buni to‘g‘irlasa bo‘ladi.

Keling faylasuf va matematik Rene Dekartning gaplarini eslaymiz. “Men fikirlay olaman, demak men hayotman. Fikr o‘zi aslida nima o‘zi? Fikr bu ikkilanish, tushunish, tasdiqlash va inkor etish, xohlash va rad qilish, tasavvur va qabul qilishdir.

Har kuni matematika darsida xuddi shu fikrlash turini bolalarda rivojnaltirish lozim. Agar siz ota, ona, o‘qituvchi yoki ta’lim sohasida ish yuritayotgan odam bo‘lsangiz, sizga 5ta maslaxat:

1) Savol berish bilan boshlang.

Odatiy matematika darsi javoblar pozisiyasi bilan olib boriladi. “Mana bunday qilib ko‘paytiramiz. Siz ham bajaring. Bunday qilib esa bo‘lamiz. Misol ishlang. Mavzuni tushungan bo‘lsangiz, keyingisiga o‘tdik endi. “Bu modelda dars o‘tishning asosiy tamoyili nimada? Ketma-ketlikni yodda tutish. Tasavvur qilish, ikkilanishni bu yerda isi ham yo‘q. Yani fikr yuritishni o‘zi yo‘q.

Endi darsni savol bilan boshlab ko‘raylik. Masalan, mana sonlar, bu esa topishmoq yashirilgan rasm. Ranglar nimani ifodalayapti?

Bu rasmni ko‘rishi bilanoq o‘quvchilar uning ma’nosini anglamasata, sonlar va ranglar bog‘lik ekanligini sezadilar. Ana sizga topishmog‘u, mana sizga boshqotirma. Hamma matematik masalalar kabi bu topishmoqning xam oddiy va aniq yechimi bor. Javobini albatta sizga aytmaymiz. Sizni izlanish rohatidan mahrum qilishni xohlamaymiz.

2) O‘quvchilarga vaqt bering.

“Agar matematik masalaning yechimini 30 soniyada topa olmasam, matematikani umuman tushunmayman”. Bu maktab bitiruvchilarning fikridir. Bunday fikr esa o‘z o‘rnida ta’limning muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi. Biz o‘quvchilarga izlanishda, yechim topishda sabr va qat’iyatlikni o‘rgatishimiz shart. Uning yagona yo‘li esa, o‘ylanish uchun o‘quvchilarga vaqt berish. Bu topishmoqni bolalar bilan biz ham ko‘rib chiqdik. O‘quvchilarni shoshtirmadik. Rasmni taxlil qilishdi. Shunday savollar berishdi: “Nimaga oxirgi ustunda ko‘k va sariq takrorlanyapti? Qizil rangdagi kichik sonlar nimaga o‘zgaryapti? Ular faqat toq sonlar ekanligi muximmi? Sariq rangda faqat juft sonlar, tug‘rimi?” va xokazo

Haqiqiy masalani o‘rtaga tashlaganingizdagina o‘quvchilarda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik ortadi.

3) Javoblar manbai bo‘lmang.

Savollarga javob berishda o‘zgacha yondashing: “Men ham bilmayman. Keling birga o‘ylab ko‘ramiz”. Shunday qilib matematika umumiy masalaga aylanadi. Ayniqsa bunday yo‘lni ota-onalar tutishi lozim. Uy vazifasini bajarishga yordam berayotganingizda tushuntirish bilan boshlamang. Bola o‘zi sizga tushuntirsin. Biror bir narsani bilmaslik bu muvaffaqiyatsizlik emas, aksincha, tushunish sari birinchi qadam ekanligini bolaga o‘rgatishimiz kerak. Shunday qilib, yuqorida o‘quvchilar tomondan berilgan savollarga javob berishga shoshilmadik. Qanday qilib bunday xulosaga kelganini so‘radik.

Bunday yo‘l bilan o‘quvchilarni izlanishga, yechim topishga, ikkilanishga, baxslashishga chorlaysiz.

“Mana 2, 4, 6, 8, 10, 12. Sariq rangi bor. Tekshirdim hammasi juft sonlar. To‘xta, qara, sariq bo‘laklar soni ham har xil bo‘larkan 48 raqamida to‘rtta sariq, 46 da esa ikkita. Yana boshqa narsani anglatadi bu sariq bo‘lakchalar”.

“Men o‘qituvchiman. Men hamma narsani bilaman” pozisiyasidan keching, shunda siz matematik fikirlash, faraz, ilmiy baxslarning guvohi bo‘lasiz. Bu esa juda qiziq. Chunki baxslashishni hammamiz yaxshi ko‘ramiz.

4) O‘quvchining g‘oyalarini rad etmang

Bu oson emas. O‘quvchi oldingizga 2+2=12 deb keldimi? Darxol uni to‘g‘irlashingiz kerak? To‘g‘ri, bolalarimiz asosni

bilsin, uni qo‘llasin deymiz. Lekin rad etmaslik “siz haqsiz” degani emas. Hattoki noto‘g‘ri g‘oyani yoki taklifni o‘ylash va baxslashish uchun sababga aylantiring. Bu esa o‘z yo‘lida bolani makematik fikrlashga undaydi.

Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xatoni to‘g‘rlasangiz, masala o‘z kuchini yo‘qotadi. Lekin uni qabul qilsangiz, o‘rganib, so‘ng e’tiroz bildirsangiz bu ayni mudao. Keling 2+2=12 qabul qilaylik-chi. Demak 2+1=11, bu degani 2+0=10. Aslida esa buning javobi ikki. Lekin agar ikki bu o‘n bo‘lsa, bir to‘qqiz ekanda, nol esa sakkiz! Matematikani parchalab tashlagandek bo‘ldik. Lekin bayonot noto‘g‘riligini tushuntira oldik.

Endi tassavur qiling, raqamli to‘g‘ri chiziqdamiz. Sakkizta qadam tashlab bosh nuqtaga qaytolmaymiz. Lekin bu to‘g‘ri chiziq emas, aylana bo‘lsachi? Sakkizta qadam tashlab bosh nuqtaga qayta olamiz, to‘g‘rimi? Shu holatda esa sakkiz bu nol degani. Bu oddiy o‘yin, lekin shunday qilib yangi matematika paydo bo‘lgan. Olimlar anchadan buyon raqamli aylanalarni o‘rganib kelmoqda. Bu aslida boshqa yo‘nalish modulyar arifmetikasi deb ataladi. Asosan buni kriptografiya va dasturlashtirishda qo‘llashadi.

To‘g‘ri albatta o‘quvchilarga 2+2=4 ekanligini o‘rgatishimiz kerak, lekin undan tashqari boshka g‘oyalarni ham qabul qiling. Ular izlanishga va tajribalarga imkoniyat tug‘diradi.

5) O‘yinlarni qo‘llang!

Matematika bu qoidalar to‘plamiga rioya qilish emas. Matematika bu o‘yin. Bu ajoyib fan bola hayotining bir parchasiga aylanishiga yordam bering. Matematik fikrlashni kuchini his qilishga imkoniyat yarating. Shunda bitiruvchilar orasida “men yoqtirgan fan -matematika” degan gapga hayron bo‘lmaysiz!

(Visited 300 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz