Milliy sertifikat dars taqsimotida ustuvorlik beradimi?
Assalomu alaykum! Savolga javob izlamoqdaman. Vazirlar mahkamasining dars taqsimoti bo’yicha 3271 qarori, 15-bandi, 3-ketma ketligida Milliy sertifikat ham imtiyozda mavjud. Savol shunday: milliy sertifikatni qaysi darajalari dars taqsimotida imtiyoz beradi, ustamasiz sertifikat ham imtiyoz beradimi. Bandda bu haqida to’liq to’xtalmagan. Milliy sertifikat Rash modelida B darajada, 59,24 ball
YURIST JAVOBI:
✅ Milliy sertifikat dars taqsimotida ustunlik beradi.
Bu holatda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 3271) 15 va 16-bandlari dars taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladi.
Nizomning 15-bandiga chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) 3-pog‘onada qayd etilgan.
☝️E’tibor bergan bo‘lsangiz, qoidada STEAM fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar keltirilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qarori mavjud (29.05.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3515) bo‘lib, unda belgilangan fanlar bo‘yicha sertifikat olgan o‘qituvchilarga dars taqsimotida ustunlik beriladi. Mazkur qaror bilan қуйидаги ҳавола (https://lex.uz/pdfs/6943986) orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Manba: @Yurist_Xizmati telegram kanali