Inson miyasi haqida

Inson miyasi

Inson miyasi nimalarga qodir. 1939-yil. Bir kuni Kaliforniya universiteti talabasi Jorj Bernard Dansig statistika darsiga kech qoladi. U o‘quv xonasiga yetib kelganida dars allaqachon tugagan va doskada 2 ta masala chala yozib qoldirilgan edi. Jorj Bernard ularni uyga vazifa deb xayol qilib shosha-pisha ko‘chirib oldi. Keyingi bir hafta u besaranjom bo‘ldi: masalalarni yechish uchun kutubxonaga qatnadi, tunlari ishladi.

TikTok haqida eng zo’r faktlar

U masalalarning odatdagidan biroz mushkulroq ekanini payqadi, ammo qunt bilan ularni yechishga kirishdi. Biroq kelasi darsda o‘qituvchi bu masalalar haqida og‘iz ochmadi. U har ehtimolga qarshi ishlanmalarini professorga qoldirib ketdi. Keyingi kun, erta tongda Jorj Bernardning yotoqxona eshigi taqilladi. «Sen ishlagan masalalarga taqriz yozdim. Iltimos, buni o‘qib, maqola tayyorla va chop etish uchun biror nashrga yubor», – dedi ostonada hansirab turgan professor Neyman. Jorj nima gapligini tushunmay ustozining qo‘lidagi qog‘ozga ko‘z tashladi. «Yechilmagan ikki statistik masalaning javobi topildi» deb yozilgan edi unda. Shu taxlit Jorj Bernard Dansig o‘zi bexabar holda ikki yechimsiz masalaga javob topgan edi.

 

sara_tarix

(Visited 108 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz