Miya uchun foydali 7 ta mahsulotlar

Miya uchun foydali 7 ta mahsulotlar

1. Fasol va boshqa dukkakli ekinlar tarkibida mo‘l bo‘lgan syellyuloza – biriktiruvchi to‘qima qon tarkibidagi glyukoza va qand miqdorini me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi. Glyukozani miyaning “yoqilg‘isi” deyish mumkin.

 

2. Qora shokolad tarkibida charchoqni qoldiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi moddalar mavjud. Qora shokolad tarkibidagi endorfin (baxt gormoni)ning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bosh miyadagi xursandchilik markaziga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizm faolligini bir me’yorda ushlab turadi. Shokolad qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi. Qora shokolad erkaklarda yurak infarkti yuzaga kelishini 17%ga qisqartiradi.

3. Yong‘oq tarkibida UC, B 1, B 2, PP vitaminlari, karotin, oshlovchi moddalar, xinonlar va efir moyi, biriktiruvchi to‘qimalar, temir va kobalt tuzlari hamda rux moddasi mavjud. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ham yong‘oq aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir etadi, deb yozadi. Bundan tashqari, yong‘oqlar foliy kislotasi va kalsiyning manbai hisoblanadi.

4. Baliqda omega-3 yog‘ kislotalari hamda yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda bo‘lib, aynan o‘smirlar va go‘daklarning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yana baliq moyi tarkibidagi kalsiy, fosfor raxit va osteoporoz kasalligida koni foyda.

5. Qovoq urug‘ida bosh miyasi uchun foydali rux moddasi, A, S va Ye vitaminlari mavjud. Rux qonda to‘qima regenerasiyasi uchun mas’ul, insulin hosil bo‘lishini va mushaklar qisqarishini boshqaradi, prostata va ko‘payish a’zolari faoliyatini me’yorlashtiradi, erkaklik xususiyatini va qonning yallig‘lanishga qarshi xususiyatini oshiradi. Rux ta’m va hid sezgisi buzilishini tiklashda yordam beradi.

6. Pomidor — bioaktiv moddalarning yig‘indisi hisoblanadi. Uning tarkibida tabiiy shakarning barcha turlari, organik kislotalar — limon, olma, V1, V2, V3, K, R, V6, S vitaminlari, karotin va yana boshqa ko‘pgina foydali ozuqalar bor. Pomidor kuchli antioksidant sanalgan likopenga ega bo‘lib, iste’mol qilinganida miya qon tomirlarini kislorod bilan ta’minlaydi.

7. Guruch tarkibida organizm uchun oziq bo‘ladigan moddalar — karotin, vitamin-RR, tiamin, minerallar, foli kislotasi, syellyuloza, organizm uchun kerakli bo‘lgan yangi hujayralar, aminakislotalar mavjud. Ular asosan qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Qon aylanish tizimi yaxshi bo‘lgan tanada miya faoliyati ham joyida bo‘ladi.

(Visited 93 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz