Moskva haqida qiziqarli ma’lumotlar

1. Moskva dunyodagi eng ko’p milliarderlar soniga da’vo qilmoqda. Forbes ma’lumotlariga ko’ra, shaharda 84 milliarder bor
2. 1990-yil 31-yanvarda Pushkin maydonida birinchi McDonald’s ochildi. Restoranda ovqat tanovul qilmoqchi bo’lgan insonlar navbati bir necha kilometrga cho’zilgan.
3. 3-raqamli tramvay Moskvadagi eng qadimgi yo’nalish bo’lib, 1899 yil 6 aprelda o’z yo’nalishini boshlangan.
4. Moskva Kremli – dunyodagi eng katta o’rta asr qal’asi.
5. Moskva nomi Moskva daryosi nomidan kelib chiqgan.
6. Angliya va Moskva bayrog’ida nayzasi bilan ajdarhoni o’ldirgan holda zirh kiygan va otga minib olgan Avliyo Jorjning bir xil surati bor.
7. Arbat ko’chasi 520 yillik tarixga ega, bu ko’cha Moskvaning eng tarixiy ko’chalardan biridir.
8. Moskvaning millioninchi fuqarosi 1897 yilda tug‘ilgan
9. Moskva metrosidan har kuni 6 milliondan ortiq yo’lovchi foydalanadi (2017 yilgi ma’lumot), u dunyodagi eng gavjum uchinchi metro hisoblanadi
10. Moskva davlat universiteti dunyodagi eng katta universitet binosi
11. Moskva muntazam ravishda dunyodagi eng qimmat shaharlardan biri nomini oladi
12. Moskva metrosidagi poyezdlar dunyoning boshqa metrolariga qaraganda tezroq qatnaydi. Eng tig’iz vaqtlarda poezdlar orasidagi interval atigi 1,5 daqiqani tashkil qiladi
13. Moskvadagi Rossiya Davlat kutubxonasi 1862-yilda tashkil etilgan boʻlib, Yevropadagi eng yirik kutubxona, dunyoda esa AQShdagi Kongress kutubxonasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

(Visited 8 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz