M. U.Naimov haqida ma’lumot
Naimov Muzafar O‘rinovich 1962 yil 24 fevralda Surxondaryo viloyati, Denov shaxrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1981 yil Termiz shaxridagi ixtisoslashgan san’at maktabi (oldingi Termiz musiqa bilim yurtini)ning “Xor dirijyorligi” bo‘limini, 1986 yilda O‘zbekiston davlat konserva-toriyasi (oldingi M.Ashrafiy nomli Toshkent davlat konservatoriyasi)ning “Xor dirijyorligi” fakultetini tugatgan. Unga “Xor dirijyori”, “Xor fanlari o‘qituvchisi” ixtisosligi bo‘yicha kvalifikatsiyasi berilgan.
1986 yil Denov tumanidagi 14-sonli Bolalar musiqa maktabida o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan. 1992 yildan Denov shahridagi 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa nazariyasi va xor fanlari o‘qituvchisi, 1996-1998 yillar ushbu maktabda direktor sifatida mehnat qilgan.
2000 yilda “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2000-2007 yillarda Denov tumanidagi R.Uzoqova nomli pedagogika kollejida o‘qituvchi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktorlik vazifalarida ishlagan. 2007-2010 yillar Termiz davlat universiteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2010-2014 yillar “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, 2012 yilda Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan “Dotsent” ilmiy unvoni berildi. 2013 yilda O‘zbekiton kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan. 2018-2021 yillar Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va aniq fanlar fakulteti dekani, 2022 yil dekabr oyidan hozirgi kunga qadar “Maktabgacha taьlim” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Naimov Muzafar O‘rinovichning 17.00.02 – San’atshunoslik fanlari ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek marosim qo‘shiqlari” (XX asr Janubiy O‘zbekiston vohasi misolida) mavzusidagi ilmiy ishini 2023 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida himoya qilgan.
Uning 25 ortik maqolalari Respublika jurnallarida, ilmiy amaliy konferensiyalarida va chel el jurnallarida e’lon qilingan (“Tafakkur”, “San’at”, “Guliston”, “Moziydan sado” va “Teatr” jurnallari). Uning bir qator kitoblari, jumladan “Surxon qo‘shiqlari” I-II-III, “Qalb navolari” qo‘shiqlar to‘plami, “Folklor qo‘shiqlari bolalar xori uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Aziz ustozlar” nomli qo‘shiqlar to‘plami, “Fol’klor qo‘shiqlari jo‘rsiz xor uchun” uslubiy qo‘llanmasi, “Surxondaryo ijodkorlari” (I-II jild) uslubiy qo‘llanmalari, oliygohlarning musiqa ta’limi yo‘nalishlari uchun “Folklor qo‘shiqlari” o‘quv qo‘llanmasi, “Ko‘ngil bir navo istar”, “Qadim Surxon navolari”, “Metar navolari” kabi risolalari nashr etilgan.
Folklor qo’shiqlari bolalar xori uchun
Folklor qo’shiqlari jo’rsiz xor uchun
CamScanner 2023-12-08 22.24 (1)