Savol: Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilgandim. Ayrim sabablarga ko‘ra testda qatnasha olmayman. To‘lagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?
❗️Javob: Afsuski, bo‘lmaydi. Низомнинг 27-банди (https://lex.uz/docs/5641270) Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Pedagog kadrga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (pedagog kadrning vafot etishi, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi yoki pedagog kadr bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi tufayli davlat xizmatidan foydalanish zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, to‘langan yig‘im pedagog kadrga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi.
Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot