Necha bal yig’sam attestatsiyadan o’taman?
Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
1️⃣-bosqich
Attestatsiyaning (http://t.me/uzteachers)birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.
Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.
2️⃣- bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:
🔷 Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
– 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
– 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;
🔷 Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
– 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
– 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
– 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»
🔷 Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
– 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
– 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
– 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
🔷 (http://t.me/uzteachers) Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
– 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
– 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
– 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas
☝️ Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat’iy nazar toifa tushirilmaydi.