Nima uchun suvni o‘tirgan holda ichish kerak?
Inson oshqozoni mushakli a’zo hisoblanadi.
Oshqozon bo‘m-bo‘sh xolatida 0.5 litrni tashkil etadi.
Ovqat qabul qilganda 1 litrgacha, ba’zilarda 4 litrgacha kengayishi mumkin.
Olimlar oshqozonni inson tik turgan holati va o‘tirgan holatida o‘zgarishini ta’kidlashadi.
Agarda tik turgan holatda suv ichilsa, ichilgan suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka tushar ekan.
O‘tirgan holda suv ichish esa, ichilgan suvni bir muddat oshqozonda ushlanishi, suv tarkibidagi bakteriya va turli zararli organizmlarni oshqozon shirasi bilan to‘qnash kelishi natijasida, zararsizlanishiga yordam berar ekan.
Bu esa, o‘z navbatida ichaklar salomatligi va disbakteriozni oldini olishda muhimdir.
Asosiysi, o‘tirgan xolatda, xo‘plab-xo‘plab, shoshmasdan suv ichish payg‘ambarimiz Muxammad (S.A.V) sunnatlari sanaladi.
© Xabibullox Nizomov