🔹 Kopernik Nikolay (polyakcha — Kopernik, lot. Copernicus — 1473.19.2, Torun, Polsha — 1543.24.5, Frambork, Polsha) — polyak astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi.
🔹 1492-94-yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va matematika fanlarini oʻrgangan.
🔹 Kopernik zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan.
🔹 U 1543-yilda “Osmon sferalarining aylanishi haqida” asarini nashr ettirgan.
🔹 Bu asarda Ptolemeynnng fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan.
🔹 Kopernik oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan.
🔹 Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlangan.
Nikolay Kopernik haqida qisqacha faktlar
(Visited 10 times, 1 visits today)