Nimaga iphoneda olma tishlangan bo’ladi

Nimaga iphoneda olma tishlangan bo'ladi

Apple “olmasi” nega “tishlangan”ini ko‘pchilik bilmaydi
Ayni paytda 41 yillik tarixga ega Apple’ning ilk logotipi 1976 yilda ishlab chiqilgan edi. Unda olma daraxtida o‘tirgan ser Isaak Nyuton tasvirlangan bo‘lgan. Logo ostiga “Faqat idrok tafakkurning taajjubli dengizida mangu suzadi”, degan yozuv tushirilgan. Biroq, bu tasvirni chop etish nihoyatda mushkul va xaridorning xotirasida qolishi qiyin edi.

Stiv Jobs 1977 yilda Rob Yan ismli dizaynerdan odmiroq logotip tayyorlashini so‘raydi. Shuningdek, unda 6 ta rangni qo‘llab-quvvatlashi bilan inqilobiy ekranga ega bo‘lgan Apple II’ning displeyi ham aks etishi kerak edi. Nihoyat, tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip dunyoga keldi.
Bu olma nega tishlangan, degan savol barcha uchun o‘shanda ham, hozir ham qiziq. Dizaynerning fikricha, odamlar uning chindan ham olma ekanini bilishlari, pomidor deb o‘ylamasliklari uchun ham logotip tishlangan shaklda ifodalashga harakat qilingan. Shuningdek, olmaning “tishlanishi” ingliz tilida ‘byte’ so‘zini ifodalagan. Boisi, o‘sha vaqtlardayoq kompyuterdagi ma’lumot “bayt” birligida o‘lchangan. Ya’ni, Apple bu orqali kompyuterlari marketingini ham nishonga olgan.

1997 yilning 27 avgustida Apple kompaniyasi 20 yildan oshiq foydalanib kelingan olma shaklidagi rangli ramzini qora rangga bo‘yadi.

Bundan tashqari, 1998 yilda kompaniyaga qaytgan Stiv Jobs korporatsiyaning mashhur «Think Different» (Boshqacha fikrla) shiorini. shuningdek istiqbolga umid qilib, moviy rangli olma ramzini ham iste’molga kiritadi.

1999 yilda rangli olmaning monoxrom tusga o‘zgargani brend muxlislarini avvaliga shoshirib qo‘ydi. Biroq, iqtisodiy tang ahvoldagi Apple yangi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqqan, shunga ko‘ra, kompaniya o‘z ramzini ham o‘zgartirishga qaror qilgan edi.

Stiv Jobs boshchiligida yangicha dizayn va jihatlar bilan ishlab chiqarilgan iMac G3 kompaniyaga omad olib kela boshladi. Shundan so‘ng 2001 va 2008 yillarda “tishlangan olma” ham alyuminiy korpusli aymak sharafiga o‘z tusini o‘zgartirdi. Aymak brendi tez orada ommalashdi.

Shundan so‘ng olma logotipining shaffof rangli plastikdan ishlangan talqini kompaniyaning do‘konlari ustiga ilib qo‘yildi. Bu mijozlarning diqqatini tortish va odamlarning ongida qolish uchun o‘ylab topilgan navbatdagi marketing vositasi edi.

Ko‘pchilikning fikricha, qora rang kuch-qudart timsoli. Qolaversa, texnologiya bozorida Apple’ning qora korpusli mahsulotlariga ehtiyoj yuqori. Apple aynan shuning uchun ham qora rangga qayta va qayta murojaat qiladi.

(Visited 139 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz