Ofis sindromi qanday kasallik?

🦽“Ofis xodimi sindromi”: Har yili 25 yoshdan oshganlarning 80 foizi umurtqa xastaligi bilan og‘riydi

Bunga asosan kam harakat va gavdani noto‘g‘ri tutish sabab bo‘ladi.

Shifokor quyidagilarni maslahat beradi:

🔸Har 1-2 soatda 5-10 daqiqa tanaffus qiling. Bu paytda tana va bosh harakatlarini bajaring.

🔸Ko‘p vaqt bir joyda o‘tiradiganlar kursi suyanchig‘iga maxsus ortopedik yostiq qo‘yishi mumkin.

🔸Ishni ertalabki badantarbiyadan boshlash qon tomirlari uchun foydali.

🔸Kun davomida esa zinadan piyoda ko‘tarilish, vaqti-vaqti bilan xona bo‘ylab yurish kerak.

🔸Qahva yoki qora choy va shirinliklar iste’molini kamaytiring.

🔸Kompyuter qarshisida ovqatlanmang, ekrandan chiqayotgan nur taomga ham ta’sir qiladi.

🔸Tizza bo‘g‘imlari bir xil bukilgan yoki yozilgan holatda qolib ketmasin, bunda ularning oziqlanish funksiyasi buziladi.

🔸Ko‘z mashqlarini ham bajarib turish juda foydali.

©️Respublika travmatologiya va ortopediya tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov

(Visited 63 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim