Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;

➡️“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;

➡️talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;

➡️dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

🗓 Har yili 1-iyunga qadar dual ta’lim shaklida talabalarni qabul qiladigan korxonalar imkoniyatlari o‘rganiladi va dual ta’lim tashkil qilinadigan korxonalar ro‘yxati e’lon qilinadi.

🗓 Har yili 1-sentabrga qadar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning korxonalarga biriktirilishi bo‘yicha korxona, talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

🔍 dual ta’lim tashkil qilingan korxonalarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar doimiy monitoring qilinadi.

🔖 Shuningdek, ushbu qaror bilan Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🟢Mazkur nizom dual ta’lim jarayonini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim (16.01.2025 №14)

 

@uztdi

(Visited 12 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim