U 7 yoshga to‘lganda bo’lajak “omadsiz prezident” pul to‘lamaganligii uchun vaqtincha yashab turgan uydan haydaladi va o‘zini va yaqinlarini boqish uchun ishlashga majbur bo‘ladi.
9 yoshida onasi vafot etadi. 22 yoshida u hatto do’kondagi ishidan ham mahrum bo’ladi. U huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirmoqchi bo’lganida uning ma’lumoti yetarlicha bo’lib chiqmadi. 23 yoshida esa bu inson sherikchilikda kichik do’kon ochadi va ishi yurishmay qarzga botib ketadi.
Tesla kompaniyasi haqida
26 yoshida uning biznes sherigi vafot etadi va unga ko’p yillar davomida to’lash uchun bo’lgan katta qarz qoldiradi. 28 yoshida u 4 yildan beri uchrashgan sevgilisiga turmushga chiqishni taklif qiladi, lekin sevgilisi uning taklifini rad etadi. 37 yoshida uchinchi urinishdan so’ng u Kongressga saylanadi, biroq oradan ikki yil o’tib qayta saylanmaydi. 41 yoshida to’rt yoshli o’g’li vafot etadi. 45 yoshida u senatga kirishga harakat qiladi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Amir Temurning hiylasi
51 yoshida esa bu inson AQSh prezidenti etib saylandi.
Bu inson Avraam Linkolndir.