Ona haqida she’rlar, qo’shiqlar, insholar

Sherlar: 
Mehribon ona nolasi
Bolajonim kuydirma buncha,
Ko‘paytirding sochim oqini.
Havotirim ortyapti shuncha,
Bosib o‘tsang jaxl tog‘ini.
Kech kelyapsan ko‘chadan qo‘zim,
Darvozaga termulib toldim.
Kelguningcha ilinmas ko‘zim,
Shu yil bolam tez qarib qoldim.
Zarda qilsang og‘riydi jonim,
Jerkishinga to‘kaman ko‘z yosh.
Xasta bo‘lsang yomon ahvolim,
Yetkazolmay qolaman bardosh.
Nuri diydam yoshliginga qayt,
O‘sha paytlar mehribon eding.
Avvalgidek “onajon” deb ayt,
Mexribonsiz hammadan derding.
Etagimdan qo‘ymasding sira,
Qidirarding ko‘rinmay qolsam.
Ovqat yerdik o‘tirib birga,
Qarasharding mehnatdan tolsam.
Suyinardim, duo qilarding,
Onajonim omon saqla deb.
Yosh to‘ksam xomush turarding,
Yurar eding daldalar berib.
Lekin nega o‘zgarding bolam,
Sog‘indimku eski holga qayt.
Mehr bilan desang bas onam,
Dilingdagin hammmasin ayt!
Bu dunyoni besh kun ammo sinov derlar
Yengib o’tmoq mumkin faqat toqat bilan
Menga toqat emas onam bo’ldi tirgak
Menchi nodon dil tutmadim shafqat bilan
Malikalar quchog’ida yotdim debman
Ishrat bilan o’zni baxtga otdim debman
Asli iymon vijdonimni sotib yebman
Baxtni topib bo’lmas ekan ishrat bilan
Asli mushfiq onam edi jonga malxam
Jon tutardi dard to’shakda yotganda xam
Onang omon bo’lsin deb qo’l tutgan tog’am
Kayf safoga baxam ko’rdim ulfat bilan
Ko’rdim burda nonni ko’zga surtganlarni
Mexnat qilib roxatmas qon yutganlarni
Ko’z oldimda xayvon kabi otganlarni
Yashar edi do’st tutinib kulfat bilan
O’zga yurtda qul bo’lganim qilar alam
Kafangado bo’ldi do’stim, tuproqda xam
Vatanga zor unsizgina ingrar nolam
Dunyo ko’rib bosgan yo’lim ekan tikan
Qani orom bo’lsa shomu saxarlari
Xamon tilar ortdan urgan xanjarlari
Ko’rdim dustning “oldinda baxt” deganlari
Asli do’stmas qo’ynimdagi ilon ekan
Onamni xam eltolmadim so’ngi yo’lga
Tobutlari o’tib bordi qo’ldan qo’lga
Jonsizgina vujudi xam mendek qulga
So’ngi diydor umidida kiydi kafan
Keldim ona qoshingizda mana men nodon
Ikki dunyo orasida tutdingiz jon
Jonim tilab xatto ruxi bo’lgan sarson
Onamm dardi tuproqdayam farzand bilan
Onajon sog’indim sizni
Goho yoshlik qilib qalbingiz tildim,
Kechiring mendayin farzandingizni.
Olis yurtlarda men qadringiz bildim,
Onajon sog’indim, sog’indim sizni
Har tong issiq non yo’q dasturxonimda,
Oromim yo’q na kunim, na tunimda.
Garchi shuncha yaqinlarim yonimda,
Onajon sog’indim, sog’indim sizni
Hayolimdan ketmas har-bir so’zingiz,
Tushimda ko’raman nurli yuzingiz.
,,Bolam- qayda bo’lsang omon bo’l” deysiz,
Onajon sog’indim, sog’indim sizni
Omadim, baxtimni so’rab xudodan…
Bilaman, qo’lingiz tushmas duodan,
Qanday qarzim uzay siz mehridayodan?
Onajon sog’indim, sog’indim sizni
Xayot o’z yo’lida etadi davom,
Baxtimga sog’-omon bo’ling avvalom,
O’g’lingizdan sizga sog’inchli salom,
Onajon, sog’indim sizni
Онамни паноҳингда асра худойим
Она дийдорингиз нақадар яхши,
Она сўзларингиз бирам ёқимли.
Меҳр қуёшингиз оламнинг нақши,
Мен сизла бахтлиман, жудаям бахтли.
Ғам эмас эришиб бўлмас орзулар,
Мени севмасалар қилмайди алам.
Дилимни чўктира олмайди булар,
Ахир меҳрибоним ёнимда онам.
Қанча меҳр мавжуд менда билмайман,
Аммо билганим шу бари сиз учун.
Мен сизни ҳаммадан яхши кўраман,
Бундан ортиғига етмайди кучим.
Мен қанча қилсам ҳам хизматингизни,
Қарзимни узмоққа етмас ҳаётим.
Адоғи кўринмас химматингизни,
Сиз менинг борлиғим, сизсиз баётим…
Сизни таърифлашга ожиз тилимдан,
Шеър бўлиб қоғозга учди шу сўзлар.
Мен фақат ҳоҳлайман шуни дилимдан,
Хамиша севинсин сиздаги кўзлар.
Сизни тарбиянгиз бизга бўлган жо,
Сизни дуойингиз мададкор доим.
Такрор қилаяпман сендан илтижо,
Онамни паноҳда асра Худойим.
Қарғиш олмай дуо олгин одамзод!
Она рози Худо рози дейдилар.
Охиратда дуо қози дейдилар.
Карғиш олсанг дўзoх ўзи ейдилар.
Карғиш олмай,дуо олгин Одамзод!
Ранжитмагин тирик жонки қалбини.
Ундан кўра бўлса олгин дардини.
Букиб қўйма,мағрур турган қаддини.
Карғиш олмай,дуо олгин Одамзод!
Парваришлаб эъзозласанг аёлни.
Икки дунё кўрмагайсан заволни.
Ажратолсанг харом билан халолни.
Қарғиш олмай,дуо олгин Одамзод!
Мол дунёга алданиб хам қолмагин.
Дўсти ёрдан хабар олиб толмагин.
У дунёга юзинг билан қаро бормагин.
Карғиш олмай,дуо олгин Одамзод!
Пешонамга битилганим~шу дема.
Тақдиримдан кутилганим~шу дема.
Оч нахор колгин,биров хаққини ема.
Каргиш олмай,дуо олгин Одамзод!
Ona haqida juda ta’sirli she’r
Bu tun sog’inchimdan ko’zim bo’ldi nam.
Sherga buyurtmani yozayotgan dam.
Shungacha men xudbin eslamabmana.
Meni xayolidan qo’ymagan ONAM.
Men shoir emas sharmandadurman.
Dunyodagi eng xudbin bandadurman.
Bu boshim tik yurishga aslo noloyiq.
Asl joyim kundadadurman.
Doim duodasiz, siz panoximsiz.
Siz meni quvonchim chekkan ohimsiz.
Sevganimga yolg’izim deganim yolg’on.
Faqat o’zingiz sajdagoximsiz.
Sizdan olisdaman, qismatim ekan.
Dilim vayron- yashashim ko’rkam.
Poyimda dunyolar to’lib yotsaxam.
Qalbimda kemtiklik, boisi siz kam….
Tushimga raxmatli momom kiradi.
“qadam tashla sen onang tomon.”
Onasizlar bo’zlar tunu-kun.
Tirik ayriliq undanda yomon.
Besh yil bo’ldi diydor be nasib.
Sizni yozmabmana shuncha she’r yozib.
Bugun tunda ming faryod bilan.
Yig’ladim suratiz bag’rimga bosib.
Qo’ng’iroq qilaman pul yubordim deb.
So’raysiz xolimni sog’misan bolam?
Qachon qaytasan yolg’iz o’g’lonim?
Keginroq qo’ng’iroq qilarman onam. (tuuuut-tuuuuut)
Va bo’ldi shu bilan tugaydi suxbat.
Xayotdagi nomim , janob-beshavqat.
Men o’ris qizlarga gap sotayotgan dam.
Qo’ng’iroq kutasiz bechora onam.
1- aprelda qo’ng’iroq qildim.
“eshikni oching onam men keldim”.
Go’shakdan sezildi yig’layotganiz.
Men axmoq aslo o’ylamabmana.
Xar kun ko’cha boshida kutayotganiz.
Lain ushlab olibdi juft bilagimdan
Ushbu sherni yozdim chin yuragimdan.
Yurtga qaytolmasam yetkazib qo’ying.
Onamga tosh bag’ir o’g’li nomidan.
Onajonimni sog’indim
Yuragimni, bir his o’rtaydi,
Qani, yo’lim yaqin bo’lsaydi.
Ko’nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog’indim, sizni.
Ko’zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg’u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg’u?
Onajonim, sog’indim, sizni.
Kеling, onam, mеhmonim bo’ling,
Boshim uzra, posbonim bo’ling.
Yuragimga, darmonim bo’ling,
Onajonim, sog’indim, sizni.
Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo’ymang gunohga,
Onajonim, sog’indim, sizni.
Tonglar, qo’lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Hudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog’indim, sizni!
Muallif: Muyassarxon Qirgizboyeva
Onangni bir eslaysanmi?
Sensiz baxtli yurgan yoring uchun yig’laysan
Sen uchun qayg’u urgan onangni xech eslaysanmi
Sevgiling xafa bulsa sen unga dunyo bergaysan
Lek seni dunyoyim deb bilgan, onangni bir eslaysanmi,
Harakatlaring yoqmay qolib tawlab ketsa seni u yoring
Sen uni qaytariwga berasan xatoo joning
Lek senga jonin bergan onangni bir eslaysanmi
Quvonchingda birgayu qayg’uyingda yuq bu qizlar
Qayg’uyinga qayg’ urgan onangni bir eslaysanmi
Tunlari bedor bo’lib uni uylab uxlaysan
Seni o’ylab tunlar uxlamagan  onangni bir o’ylaysanmi
Onang oyog’i ostida jannat
Shaytonlaring oyog’i ostida do’zox
Sen bu jannatni yuzinga surt
Do’zoxning poyiga gul sochguncha
Sen bu jannatni qadriga yet
Toki do’zox seni domiga tortguncha
Ona jonin beribdi (Qayg’uli she’r)
Eshikka termulgancha ona ko’zlari,
Mayus yuzla boqadi,farzand yo’liga.
Betoqat umri ham,o’tgan onaning,
Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga.
Derkan Olloh! bir pas kutaylik,
Hali kelib qolar,bezori bolam.
Sog’indim ko’rmasam bo’lmas bolamni,
Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim.
Ona zor-zor kutarmish,farzand soyasi,
Ko’rinmasmish eshik ochib,kelmasmish xech kim.
Tikilib-tikilib ko’zlari tolgan,
Onaning ko’zlari yumilay dermish.
Ona yaxshi bilarmish,keladi bolam,
Uxlamayman-uxlasam uyg’onish gumon.
Toliqqan yuragi qaltirar bir xol,
Ona qo’lga qalam olib,yozarmish bir xat.
“Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq,
Hudo berdi bag’rimga,to’qqiz oy boqdim.
Dunyoga keldinggu mehribon bolam,
Seni tuqqan onangni,unutib ketting.
Qayerdasan-qaylardasan,bilsam qaniydi,
Mayli kelma bolajonim,o’zim borardim.
Seni bir bor bag’rimga,bossam roziman,
Armonim qolmasdi qaydasan bolam”.!
Ko’nglim sezar kelayapti,bolam Ollohim,
Nega buncha shoshilmasang jonim olishga.
Hayot uchun ko’p bo’ldimi,bitta jon senga,
Shuncha sabr qildimku men,sabr qil sen ham.
Ana keldi-keldi axir,mehribon bolam,
Jonim bolam kelaqol,yuz-ko’zing o’pay.
Seni juda sog’indim,yolg’izim bolam,
Biroz yonimda qolgin,sen bilan bo’lay.
Farzand ko’zin yoshlabdi,kech qoldimmi onajon,
Kechiring men bag’ritosh,beshafqat bolangizni.
Qo’ldagi xatni olib,o’qib o’ksib yig’labdi,
Afsus ona ko’zin ochib,Ollohga jon beribdi.
Sendan roziman deya,ona jonin beribdi,
Ollohdan bolasini asrashini so’rabdi.
Farzandi yig’lar zor-zor,ayriliqqa dunyo tor,
Ey hudo onalarni,farzandiga qilma zor…
Umr o’tib boraverar ekan,yonimizdagi Ota-Onamiz Farishtalarimizni qadriga yetib qolaylik.! Toki ular bor ekan uyimizdan fayzu-baraka,xursandchiliklar arimasin.! Har qanday Ota-Ona Farzandining bir oz bo’lsada mehriga zor bo’ladi.Shu mehringizni mehribon Ota-Onangizdan ayamang.! Hurmat Bilan: Sasha.B
Onamga xat (Ajoyib she’r)
Xona dim. Holim tang, asablar tarang,
Soatning tovushi eshtilar chiq-chiq.
Orsiz sukunatning oromin buzib,
Qalamim stolga uraman tiq-tiq.
O, ona, shaharda ko‘p ekan chiroq,
Kelganimdan beri o‘chmas naqd bir oy.
Tunlari bu yerda ko‘rinmas menga,
Bizning supamizni yoritguvchi oy.
Qofdan to Qofgacha taralib sog‘inch,
Hayollar o‘tmishni namoyoon etar.
Ma’yuslik naxriga cho‘kkan jismimga,
Birgina qo‘ng‘iroq, bitta so‘z yetar.
– “Allo, bolajonim, tan-joning sog‘mi?!”
So‘zingdan hapqirib ketadi bu jon.
Sendan yiroqlarda yurganim uchun,
O’zimni koyiyman, ona, onajon!
Toshkentni non shahri deganding ona,
Ammo non shahriga o‘xshamas hech ham.
Hammasidan shirin deyman shivirlab,
Tandiring boshida yeb olgan kulcham…
Men tinmay suylayman shahar haqida,
Sen esa jim turib tinglaysan har dam.
Bilmam hayolingdan o‘tadi nelar,
“Toshkentni bir bora ko‘rmagan Onam!”
Qaniydi shu tobda yoningga borib,
Qo‘limni uzatsam diydor jomiga.
Bag‘ring otashida qizdirib jonni,
O’t qo‘ysang ayriliq istehkomiga.
Ona, xat yozmoqqa ayladim jazm,
Lekin yozolmayin qo‘lim qaltirar.
Bitmoqqa urinsam eng dilkash nazm,
Bu SO’Z deganlari tilim qaychilar.
Turmushning tashvishin yelkangga ortib,
Bilaman biz uchun tinmaysan sira.
Men esa olisda seni sog‘inib,
Ko‘zyoshim mavjida oqaman qara.
Ona, borganida shoira qizing,
Poyingga sochadi quchoq-quchoq she’r.
O’tin yorib qadoq bo‘lmasin qo‘ling,
She’rlarimni yoqib, kulcha yopib ber!
 { Dilnoza KAMOL }
Onam mehri yetib ortadi
Onam mehri yetib ortadi.
Mayli dunyo beshavqat bo’lsin.
Men baxtliman ey birodarlar.
Mayli dunyo g’azabga to’lsin.
Onam mehri yetib ortadi.
Nima kerak, do’stning oh-vohi.
Birkun kelib yordam so’raseng.
Tanimasga oladi goxi.
Onam mehri yetib ortadi.
Kerak emas, soxta kalomlar.
Bir bor “o’glim” desa yetadi.
Kerak emas, o’zgacha nomlar.
Onam mehri yetib ortadi.
Sevganimni daldasi shartmas.
U xam birkun ortga qaytadi.
Kutmayman xam, qaytmasa qaytmas.
Onam mehri yetib ortadi.
Butun dunyo shavqat qilmasin.
Birbor boshimni silagani bas.
Mayli dushman yaram tirnasin.
Onam mehri yetib ortadi.
Ey yoronlar sizdan kutmayman.
Onam borki yuragim butun.
Ul zot borki alam yutmayman.
Onam mehri yetib ortadi.
Qolganlar bir kuni minnatlar.
Shuning uchun menga topilmas.
Onamdanda qadri qimmatlar.
Mehribon ko’rsatma o’zingni.
Men uchun namlama ko’zingni.
Ey yorim, bo’lmagin so’zimni.
ONAM MEHRI YETIB ORTADI.
***
Nozik qo’lingizda gulmas, qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat g’amhona.
Men sabab otamning sochida oqlar.
Farzand bo’lolmadim kechiring ona!
Barcha she’rlar quyidagi manbadan olindi: www.antiqa.uz
  • Onaning allasi dunyoni tebratar
  • Bolaning qo’li shilinsa, onaning ko’ngli shilinadi
  • Jannat onalar oyog’i ostida
  • Ona bilan bola – gul bilan lola
  • Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli dalada
  • Bolali ona donga to’ymas, bolali g’oz donga
  • Onali kelin qarqara, onasiz kelin tasqara
  • Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil
  • Bola loy bo’lsa, ona kulol
  • Ona qilsa zo’rlikni, bola tortar xo’rlikni
  • Otasi buzuqning biri buzuq, onasi buzuqning bari
  • Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi.
  • Ona bilan lola gul bilan bola
  • Otam- davlatim, Onam- jannatim
Maqollar quyidagi manbadan olindi: www.askinfo.uz
Ona haqida hikoyalar, monologlar va insholar

Onam har birimiz uchun eng yaqin, aziz va aziz inson. Va biz kichkina bolalarmizmi yoki kattalarmizmi, mustaqil odamlarmizmi, farqi yo’q – bu dunyoda undan azizroq odam yo’q.

Onam – bu katta yorug’lik, iliqlik va muhabbatni o’z ichiga oladigan katta so’z. Bizda bor narsa onamiz bizga bergan hamma narsadir. U har bir kishiga eng qimmatli narsani – hayotni berdi.

Uzoq va hozirgi zamonning ko’plab yozuvchi va shoirlari ona haqida ziyoratgoh sifatida gapirishlari bejiz emas. Va uning sharafiga qancha qo’shiqlar ijro etilgan. Har bir qo’shiq satrida yoki oddiy she’rda onam butparast.

Onalarimiz tufayli biz yozish va o’qishni, duch keladigan har xil muammolarni hal qilishni o’rgandik hayot yo’li… Biz yaxshilik va yomonlikni farqlashni o’rgandik va o’zimiz ham atrofimizdagi odamlarga yaxshi muomala qila oldik. Onam menga hayotni va har bir daqiqani qadrlashni o’rgatdi. U bizga mehnatsevarlik va mas’uliyatli odam bo’lishni o’rgatdi. Onam bizga odamlarni qadrlashni, yaqinlariga g’amxo’rlik qilishni, bolalarni xafa qilmaslikni va kattalarni hurmat qilishni o’rgatgan.

Har birimiz aziz va suyukli onamizga qilgan barcha buyuk ishlari uchun, bizni tug’ilishimizdan oldin bizga bera oladigan yorug’lik va iliqlik uchun minnatdormiz. Biz onalarimizga har qanday iliqlik, mehr va muhabbat uchun minnatdor bo’lishimiz kerak.

Onam – qorong’i va yomg’irli kunda yorug’lik nuridir. U shaxsiy qo’riqchi farishta, u bizga hayotimizning eng qiyin paytlarida yordam beradi. U biz qoqilgan paytlarda himoya qiladi va maslahat beradi. Onam har doim quloq soladigan va qo’llab -quvvatlaydigan odam. U muvaffaqiyatdan xursand bo’ladi va mag’lubiyat paytida qo’llab -quvvatlaydi. Onam biz uning bolalari ekanligimizni yaxshi ko’radi.
Onam – mening faxrim. U mening tayanchim va suyanchim. U meni nima bo’lsa ham shunday sevadi. Onam mening hayotimdagi eng yomon va xatolarimni kechiradi.

Afsuski, biz ko’pincha onamizni xafa qilishimizga yo’l qo’yamiz va uni so’zlarimiz, xunuk harakatlarimiz va ma’nosiz va o’ylamas xatti -harakatlarimiz bilan xafa qilishimiz haqida o’ylamaymiz.

Muvaffaqiyatlarimizni tez -tez begonalar bilan bo’lishib, mag’lubiyatlarimizni, xafagarchiliklarimizni va umidsizliklarimizni unga, eng yorqin va yorqin yulduzga etkazishimiz ham uyat. Nega biz tez -tez xatoga yo’l qo’yamiz va onamizni xafa qilamiz? Axir, biz eng yaqin, eng aziz va eng aziz odam bilan o’tkazgan har bir daqiqamizni qadrlashimiz kerak.

Siz onangizni hech qachon unutmasligingiz kerak, chunki ular o’z farzandlarini hech qachon unutmaydi.

Ona bo’lish – bu kasb, afsuski, hamma ham buni qadrlamaydi. Ayolni tug’ib, bolasini tashlab ketgan yoki undan ham yomoni axlatga tashlagan ona deb atash mumkinmi? Agar chaqalog’iga biror narsa sotib olish o’rniga, faqat o’ziga ma’qul kelishga, mast bo’lishga va bolasini tanbeh qilishga urinsa, ayolni haqiqiy ona deb atash mumkinmi? Bolani doimiy ravishda masxara qiladigan, hatto eng beg’ubor jinoyati uchun ham kaltaklagan va haqorat qilgan kishi ONA faxriy unvoniga loyiqmi? Haqiqiy onani baxt va farovonlikni o’z farzandining baxtidan ustun qo’ygan deb atash mumkinmi? Agar u boshqalarga o’z kichkina odamini masxara qilishga ruxsat bersa, bu ayol ona bo’lishga loyiqmi? Yo’q Haqiqiy ona hech qachon chaqalog’iga xiyonat qilmaydi, aldamaydi, o’rnini bosmaydi yoki xafa qilmaydi, u hech qachon o’z erkinligini bolasidan ko’ra qadrlamaydi. Haqiqiy ona har doim bolasini himoya qiladi va hech kimga zarar etkazmaydi. Bu haqiqiy, mehribon va g’amxo’r ona.

Aynan shunday mehribon, halol, mehribon, g’amxo’r va samimiy onalar, siz ularni butparast qilishingiz kerak. Bunday onalarga har kuni, har soatda va har soniyada ibodat qilish kerak.

Onam faqat o’ziga maqtov va e’tiborga loyiqdir, chunki u menga bolaga kerak bo’lgan hamma narsani berdi. U menga juda ko’p sevgi, mehr va muhabbat bag’ishladi. U meni g’amxo’rlik bilan o’rab oldi va hayotning qiyin paytlarida u meni onasining mehribon qanoti ostiga olishga va maslahat berishga doim tayyor. Nima uchun u shunchaki tinglashi va qo’llab -quvvatlashi mumkin. Faqat onam mening g’alabalarim va yutuqlarimdan chin dildan xursand. Faqat u haqiqatan ham qimmatli maslahatlar berishi mumkin. Hech bir do’st va qiz do’sti bunday baxtning o’rnini bosa olmaydi – faqat mening eng sevimli va aziz odamimga yaqin bo’lish.

Onalaringizni seving!

Mening onam bor. Hamma uni Viktoriya yoki Vika deb ataydi, men esa onaman. U dunyodagi eng mehribon inson. Men unga tez -tez yordam beraman: idish yuvaman, supuraman va pishiraman. Men uni juda yaxshi ko’raman, chunki u meni qush, kapalak, tulki va mushukcha deb ataydi. Men uni onam va onam deb chaqiraman. U har doim menga yordam berishga tayyor, masalan: muammoni hal qilish, uy vazifasini bajarish va menga nima kiyish kerakligini aytib berish. Men onamni o’n ikki yildan beri bilaman va undan ko’p qarzdorman. Do’stim, onangni seving, shunda u baxtli yashaydi.

***

Onam eng zo’r. U meni juda yaxshi ko’radi. Hammaning onasi bor. Men u bilan bo’lganimda, o’zimni xavfsiz his qilaman. Bilaman, u menga doim yordam beradi. Va nima bo’lishidan qat’i nazar, har qanday muammoni hal qilish mumkin. Onamning ko’plab do’stlari bor. Ular ko’pincha mehmon sifatida kelishadi. Va biz ham ularga boramiz. Men ularga tashrif buyurishni yaxshi ko’raman, chunki ularning bolalari bor va biz u bilan o’ynaymiz. Masalan, Anya xolaning ikkita qizi bor, biz ular bilan o’ynaymiz. Ularning ismlari Dasha va Marina. Biz qo’g’irchoqlar bilan o’ynashni yaxshi ko’ramiz. Onam va Anya xola ham ba’zida biz bilan o’ynaydilar.

Olti oy oldin, onam mushukchani sotib oldi. Endi hammamiz unga g’amxo’rlik qilamiz. Men uni ovqatlantirishni juda yaxshi ko’raman. Onam uzoq vaqtdan beri mushukchaga ega bo’lishni va’da qilgan, va’dasini bajargan.

***

Qadimgi Rimliklarning fikricha, eng shafqatsiz xo’jayinlar – ular. Savol: ular kimlar?

Onam – deyarli har bir inson hayotidagi birinchi so’z. Onalik jasoratini kuylaydigan qancha qo’shiqlar bor! Ona va bola o’rtasidagi munosabatlar haqida qancha filmlar, multfilmlar, rasmlar va spektakllar bor! Onaning qiyofasi jahon madaniyatiga shu qadar mustahkam o’rnashganki, uni u erdan o’chirish qiyin.

Ammo onam eng zo’r. Ha, har bir bola shunday deb o’ylaydi, lekin bu haqiqat! Onam chiroyli va aqlli, mehribon va qiziqarli, shirin va ko’p qirrali. U bilan gaplashadigan narsa bor, eng muhimi – agar menda muammolar bo’lsa, men unga murojaat qilishim mumkin, u hamma narsani tushunadi va yaxshi maslahat beradi, bu albatta yordam beradi. Onam men uchun – eng yaqin do’st bu ba’zi hollarda yordam berishi mumkin hayotiy vaziyat va qanday qilib to’g’ri va oqilona harakat qilishni taklif qiladi. Ruhiy buzuqlik va noaniqlik holatida men unga boraman.

Sayyoradagi barcha onalarning asosiy va eng yaxshi fazilatlaridan biri shundaki, ona har doim kechiradi. Vazoni sindirdingizmi yoki uydan chiqdingizmi, muhim emas. Onam har doim sizni kimligingiz uchun qabul qiladi va sizni atrofingizdagi dunyoning qiyinchiliklaridan himoya qiladi.

Onam nima bo’lishidan qat’i nazar, meni yaxshi ko’radi va agar u meni biror narsa uchun tanbeh bersa ham, men bilaman, u hech qachon meni g’iybat qilmaydi va o’zimni do’stim deb ataydigan boshqa odamlar kabi muhokama qilmaydi.

Onalar o’z bolalarini hayotdan ko’ra ko’proq sevadilar, lekin bolalar har doim ham onalari bilan o’zaro munosabatda bo’lishmaydi. Ammo, menimcha, men ham onamni xuddi shunday sevaman va unga tez -tez kutilmagan hodisalar va sovg’alar berishga harakat qilaman. Biz bir -birimizni yaxshi ko’ramiz va iloji boricha kamroq janjallashishga harakat qilamiz, lekin ba’zida bu har doim ham ish bermaydi. Agar onam kasal bo’lsa, men ham u haqida juda xavotirdaman. Bu tashvish hayotda oldinga siljishimga yordam beradigan juda muhim narsa. Aynan onamning qo’llab -quvvatlashi bilan men kerakli cho’qqilarni zabt etaman va muvaffaqiyatlarga o’zim erishish ancha qiyin bo’ladi.

4 -sinf, 7 -sinf.

Insholar quyidagi manbadan olindi: www.gostehstroy.ru

***

Hazil savol: Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?

O’qituvchi ona

U sinfga yuzma – yuz kelib,

Salom berdi barchaga birdan.

Bolalarga koʻz tashlab olib,

Maftun etdi nigohi bilan.

 

Soʻz boshladi ustoz soʻzamon:

“Koʻrganimdan xursandman, – dedi.

Men barchani birdek sevaman,

Erkatoyim boʻlmaydi endi”.

 

Biroq yolgʻon edi bu soʻzlar,

Bir bolani sira suymasdi.

Kir kiyimda oʻtirardi jim,

Hech narsaga parvo qilmasdi.

 

Badboʻy libos va odamovi,

Partasida yolgʻiz har kuni.

Hech kim bilan doʻstlashmas chogʻi,

Bolalar ham unutgan uni.

 

Bir kun maktab ilmiy mudiri

Soʻrab qoldi yangi tahlillar,

Tavsifnoma har bir bolaga

Hamda hisobot ham berilar.

 

Ish boshladi tinmayin bir zum

Sinf rahbar astoydil, dildan.

Tanisa-da, faqat bir mavsum

Bolalarni bilar yaqindan.

 

Xushlanmagan bola hujjati

Navbatlarning soʻnggida qoldi,

U haqida oʻqigach ,bilgach,

Muallimni hayratga soldi.

 

“ U aqlli, bebaho, dono,-

Deb yozardi birinchi ustoz,

“– husnixati  goʻzal, yagona,

Unga dars bermoq maroqli, soz”

 

Yozar ikkinchi ustozi ham:

“Eng yaxshisi – u, hamma darsda,

Oilasida faqat kulfat, gʻam,

Ona shoʻrlik bedavo xasta”.

 

“Onasining oʻlimidan soʻng

Taʼsirlandi, axir bola-ku”, –

Deb yozardi oʻqituvchi yana

” Uxlab qolar partasida u”

 

Doʻstlari yoʻq edi sira ham,

“Avtomat”da oʻtardi hayot.

Oʻqib rahmi keldi bolaga,

Soʻng uyalib ketdi nihoyat.

 

Eng yomoni yangi yil kuni

Ustoziga barcha bolalar

Goʻzal tasma, goʻzal qutida

Turli sovgʻa hadya qildilar.

 

Bola boʻlsa bolalarga xos

Olib keldi oddiy bir quti,

Tasmasi yoʻq, jigarrang qogʻoz

Kulgu boʻldi va shu zahoti.

 

Tinchlantirib ustoz kulguni

“Qanday goʻzal sovgʻa bu”, dedi,

Taqib oldi bilaguzukni

Beshta toshi yetishmas edi.

 

Va bor edi unda bir atir

Ishlatilgan, toʻlmagan biroz,

Qoʻllariga oldi-da darhol

Sepib oldi oʻziga ustoz.

 

Bola ilk bor baxtli jilmaydi,

Soʻnggi darsni bazoʻr kutmoqda.

Ustoziga yuzlanib dedi:

“Sizdan onam isi kelmoqda”.

 

Bu soʻzlarni eshitgach ayol

Uxlamadi tun boʻyi yigʻlab,

Tongda esa har bir bolaga

Saboq berdi mehrdan soʻzlab.

 

Kunlar oʻtdi kunlar ketidan,

Bola endi aʼlochi mutloq.

Ustoz birdek sevar barchani,

Unga mehri boʻlakcha biroq.

 

Bir yildan soʻng xayrlashdilar,

Endi boshqa sinfga ustoz.

Bir kun xona eshik ostidan

Topib oldi bir maktub bexos.

 

“Qisqa maktab hayot davrimda

Iqror boʻlib yozilgandi xat

Men tanigan oʻqituvchilarning

Eng yaxshisi oʻzingiz faqat“

 

Besh yildan soʻng yana bir maktub

Kollejidan  bu gal yozibdi.

Yana sizdan yaxshisi yoʻq deb,

Oliygoh sari yoʻl olibdi.

 

Yana muddat oʻtibdi biroz,

Bola endi doktor boʻlibdi.

Zoʻr ustozlar uchrabdi-yu, lek,

“Eng yaxshisi – oʻzingiz”, debdi.

 

Yillar oʻtib oradan hamon,

Ustozidan ketmabdi xayol.

Xatlar yoʻllab hanuz u tomon

Onasidek endi  bu ayol.

 

Bir xatida xabar beribdi,

Oʻz baxtiga yetmoqda ekan.

Tez orada toʻy ham boʻlarmish,

Uni toʻyda kutmoqda ekan.

 

”Hayotimning eng baxtli kuni

Siz onamning oʻrnida boʻling,

Sizdan boshqa yaqin kishim yoʻq,

Deb yozibdi: ”Rozilik bering!“

 

Toshlari yoʻq bilaguzukni

Taqib oldi u bilagiga,

Soʻng onasin atirin sepib,

Baxt soʻradi oʻz tilagida.

 

Uchrashdilar bir-birin quchib,

Qadrdon is tarovat sochdi.

Soʻzim ojiz taʼriflamoqqa,

Oʻz onasi bagʻrini ochdi.

 

Soʻngra yana koʻz yoshlar, shodlik,

Yigit shunday soʻzlarni dedi:

”Rahmat sizga, hammasi uchun,

Ishonchingiz menga kuch berdi.

 

Kim uchundir kerakligimni

Anglab yetdim, hayotni sevdim.

Ezgulik va mehr yoʻlida

Sizni doim ibrat deb bildim“

 

Koʻzlari yosh javob qildi  u:

”Yoʻq, aslida bari aksincha,

Bilmas edim, saboq berishni

Taqdir seni uchratmaguncha“.

 

***

 

1. 5, 6, 7, 8 sinflar uchun “Rahmat, onajon” mavzusida insho

Onam men uchun eng aziz inson. Men uni juda yaxshi ko’raman. Men biron bir narsani sevmayman, lekin shunga o’xshash, faqat menda borligi uchun. Men onam tomonidan juda faxrlanaman va qadrlayman. Unga yaqinroq odamim yo’q. Onamning ismi Tatyana Nikolaevna. U chiroyli. Men onamning tabassumini va yaramas chiroqlar, poraxo’r kulgilar va uning qo’llari, menga g’amxo’r, iliq, ikki aziz qo’llarimdan chaqnab turgan katta yashil ko’zlarini yaxshi ko’raman. Onam juda mehribon, odamlar bilan yaxshi munosabatda, hamma uni hurmat qiladi va sevadi. U qiyin paytlarda qanday qilib qo’llab-quvvatlashni va uni iliqlik bilan iliqlantirishni biladi, ba’zida men xafa va achchiq bo’lsam. Onam akam va menga tug’ilishdan g’amxo’rlik qiladi, bizga o’z mehrini, g’amxo’rligini, mehrini va onalik mehrini beradi. Men onamning har bir ishi uchun juda minnatdorman. Ha, va men har doim unga biron bir narsada yordam berishga harakat qilaman. Men onamga og’ir yukxalta yuklarni olib yurishda yordam beraman, uyimizni tozalashda yordam beraman. Onam juda mazali taom pishiradi va men bu borada unga yordam berishni yaxshi ko’raman. Ovqat pishirish paytida juda ko’p foydali narsalarni o’rganaman. Onam menga hayotda foydali bo’ladigan zarur va foydali bilimlarni o’rgatadi. Men ham u bilan yurishni yaxshi ko’raman – men doimo qiziqaman. Biz tashrif buyurishga, kinoteatrga, ko’rgazmalarga boramiz, shunchaki toza havodan nafas olamiz. Men onamni hech qachon xafa qilmasligini, har doim quvnoq va quvnoq bo’lishini istayman va uning ko’zlari ikki quyosh kabi porlab turardi. Uning tabassumi menga va atrofimdagi odamlarga tez-tez yoqishini istayman. Men onamga baxt, sog’lik va u xohlagan hamma narsani tilamoqchiman, lekin hali amalga oshmadi. Uning barcha orzulari amalga oshsin. Axir nafaqat biz, bolalar, muhabbat, e’tibor va g’amxo’rlikka muhtojmiz – onam ham ularga muhtoj.

Aziz onajon, men sizni juda yaxshi ko’raman! Men har kuni o’qishlarim, yaxshi xulq-atvorim bilan sizni xursand qilishga harakat qilaman va doim sizga yordam beraman. Onajon, borligingiz uchun tashakkur!

 

2. 9, 10, 11-sinflar uchun Ona haqida insho

Onaning yuragi har qanday holatda ham bolalarini sevadi, shundan beri, hayotidagi bir ajoyib va unutilmas kun, ona bolasini bag’riga oladi. Shu kundan boshlab barcha umid va umidlarni oqlaydigan bolani voyaga etkazish istagi onaning barcha fikrlarini egallaydi va faqat farzand endi uning mehribon onasining yuragiga to’liq tegishli. Onajon, onajon! Siz ushbu samimiy so’zlarga loyiqsiz. Sizga qarab, beparvo bolaligimni eslayman. Siz singlimga va menga hayot berib, o’zingizni bizga bag’ishladingiz. Qanday qilib yuragingiz bizni shunchalik yaxshi ko’rishi mumkin! Afsuski, ba’zida xatti-harakatlarimiz yoki qattiq so’zlarimiz bilan sizni xafa qilamiz deb o’ylamaymiz. Sizni xafa qilganimiz uchun, ba’zida o’qituvchilarning yomon xulq-atvorimiz haqidagi fikrlarini tinglaganimiz uchun bizni kechir. Qanday qilib yuragingizga ozor bermaslik, yuzingizdagi ajinlar yumshatilishiga ishonch hosil qilish haqida tez-tez o’ylashimiz kerak. Axir, biz yoshi ulg’aygan sayin, bizning e’tiborimiz va sevgimizga shunchalik ko’proq ehtiyoj seziladi. Biz onamizga mehribon va muloyim bo’lishdan uyalmasligimiz kerak, unga sabr-toqatli va diqqatli bo’lish qiyin emas. Talab qilinmagan va foydalanilmagan yaxshi tuyg’ular quriydi, biz eng yaqin va eng yaqin odam – onaga nisbatan beparvo va noshukur bo’lishga odatlanamiz. Va biz ko’pincha o’zimizni ehtiyotkorlik bilan va qo’pol tutamiz: “Agar menga yangi telefon sotib olsangiz, men geografiyada yuqori baho olishga harakat qilaman; agar siz menga ziyofatga borishga ruxsat bersangiz, men bir chelak axlatni olib chiqaman. ” Biz o’z hayotimizni shunday ona quvnoq, samimiy, mehribon va dono ona bergani uchun sevishimiz kerak. Axir, bu dunyoda qancha bolalar bu baxtdan mahrum. Onaning yuragi va cheksiz onalik mehri ularni isitmaydi, farzandlarining hayotini mazmun bilan to’ldirmaydi. Onajon, siz mening do’stim, mening manfaatlarimni tushunadigan va hurmat qiladigan fikrdosh odamga aylandingiz. Siz har doim onangizning yuragi aytgan narsalarni tinglaysiz va to’g’ri maslahat berasiz. Rahmat, onam, u erda bo’lganingiz uchun va yuragingiz har doim sevishga va kechirishga tayyor!

 

Ona haqida qo’shiqlar

Audio nomi Yuklab olish
Malika Ravshanova – Bu mening onam Yuklab olish

 

Abdulla Qurbonov – Onajon Yuklab olish
Anvar Sobirov – Onam bor Yuklab olish
Anvar Sanayev – Ona Yuklab olish
Rustam G’oipov – Ona emasmu Yuklab olish
Sato – Onajon Yuklab olish
Ulug’bek Rahmatullayev – Onajonim Yuklab olish
Ozoda Nursaidova – Onajon Yuklab olish
Shuxrat Qayumov – Onajon Yuklab olish
Ulug’bek Rahmatullayev – Onajonim rahmat Yuklab olish
Sanobar Rahmonova – Onajonlar, Assalom Yuklab olish
Yulduz Usmonova – Onajon Yuklab olish

 

Qo’shiqlar quyidagi manbalardan olindi:

(Visited 270 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz