1-OKTYABR “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR” KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR” MAVZUSIDAGI SSENARIY
Mundarija:
Bolalar uchun vatan haqida she’rlar
1-boshlovchi
Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston.
Ta’rifing shoirlar tilida doston.
Bundayin sharafga yetishmoq uchun,
Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson.
2-boshlovchi
Bugun jahongirlar maktabga borar
Mehr chirog‘idir qaroqlaringiz
Olamda eng ulug‘ kamtarin zotlar
Hech qachon o‘chmasin chiroqlaringiz
1-boshlovchi
Assalomu-alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, mehri daryo ustoz va murabbiylar!
2-boshlovchi
Assalomu-alaykum davramiz ahli, aziz mehmonlar va davra qatnashchilari. Bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni qutlash maqsadida to‘planganmiz.
1-boshlovchi
Davrani ochib berish uchun ilk tabrik so‘zini ______________________________________________________________________________________________________ marhamat.
2-boshlovchi
Muallim qasidani sizga atadim,
Sizni ta’riflamoq bo‘ldi maqsadim.
Bir umr sodiqman shogirdlik ahdim
Insonlar insoni sizsiz muallim,
Zamonam vijdoni sizsiz muallim.
_________________
Mp3lar vatan haqida
1-boshlovchi
O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi murabbiylarga bu qadar e’tibor qaratilmagan. Respublikamiz Prezidentining farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
2-boshlovchi
Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon.
1-boshlovchi
To‘g‘ri aytasiz Nodiraxon. O‘qituvchilikning ko‘p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyatida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ilm-fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.
Bolajonlar uchun mp3lar guldastasi
2-boshlovchi
Hurmatli mehmonlar, aziz murabbiylar bugungi bayram dasturi sizlar uchun. Marhamat, tomosha qiling. Qo‘shiq. Ijro etadi ____________________________
1-boshlovchi
Keling endi tarix zarvaraqlariga bir nazar tashlaylik. Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko‘plab allomalar, aziz avliyolar, shoir va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Ularning ilm-u fikrati butun dunyoni lol qoldirgan.
2-boshlovchi
Nega she’r yozmayin yurakdan yonib,
Nega tazim qilmay sizga bu mahal.
Nega xizmatingiz qilmay quvonib,
Ey aziz muallim, ustozi avval
– Allomalar chiqishi (1.Farobiy 2. Avloniy 3. Behbudiy 4. Navoiy 5. Beruniy )
Topishmoqlar
– (parda ortida)
Mustaqil vatanim ozod diyorim
Qalbimiz baxshida zamonamizga
Ildamchim o‘zingsan kuylar qalb torim
Jo‘r bo‘ling azizlar taronamizga
– Raqs
1-boshlovchi
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda ilm-fan, texnika taraqqiyoti jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda..Viloyatimiz, Respublikamiz vakillari jahon olimpiadalarida qatnashib munosib o‘rinni egallayotganlari fikrimizning yorqin dalilidir. Bunday muvaffaqiyatlarga erishish o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Albatta bu yutuqlar ustozlarning muallimlarning mislsiz zahmatlari evaziga qo‘lga kiritilgan.
2-boshlovchi
To‘g‘ri aytasiz, Zebiniso, keling endigi navbatni ____________________________________________________
-She’rlar (6 kishi)
1-boshlovchi
Mustaqil yurtimda ustoz izzatda
Qayerga uzatsa yetadi qo‘li
Muallim sabog‘in ayting olmas kim
Sizga nasib etsin ulug‘ zot yo‘li
2-boshlovchi
Mustaqil O‘zbekistonimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib, jumladan, Navoiy viloyatimizda 80 dan ortiq millat vakillari totuv va inoq yashab kelmoqdalar. Endigi navbat _________________________________________ga.
__________________________________
1-boshlovchi
Kunduz kunsiz, dengiz suvsiz bo‘lmaganidek, ustoz shogirdsiz bo‘lmaydi Ustoz va shogirdlar orasidagi munosabat barcha zamonlarda ba’zan jiddiy, ba’zan hajviy tarzda tilga olingan. ______________________________________________
_____________________________
– Raqs Xorazmcha
Sahna ko‘rinishi (Ona tili)
Qo‘shiq
1-boshlovchi
Muallim – murabbiy, mo‘tabar, muhtaram zot. Uni mo‘tabar qilgan bolalarga cheksiz mehri, muhtaram qilgan muhabbatidir.
Maktabga qadam qo‘ygan murg‘ak qalblar muallim mehri, muhabbati ila ulg‘ayadi, shu sabab ustozlarni e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Shoir aytganidek,
Dedilar: dunyoda asli kim aziz ?
Aytdilar: ustozdir ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarda, aziz shubhasiz,
Ustoz qadriga yetolgan inson.
2-boshlovchi
Ustozlar! Bugun sizlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz. siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib hurmatlab e’zozlasak arziydi. Bugun sizlarni ulug‘ ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz.
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor bu – qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o‘g‘il-qizga,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim.