O‘qituvchilar qaysi kasalliklarga chalinadilar?

Pedagoglar ko‘pincha surunkali charchoq bilan yurishlari hech kimga sir emas. Shuningdek, ular ayrim kasb kasalliklariga chalinadilar. Shifokorlarning tahliliga ko‘ra, o‘qituvchilarga eng ko‘p xavf soladigan kasalliklar quyidagilardir:

1. Nevrozlar. O‘quv yili yarmiga borib-bormay sinfga o‘z-o‘zidan baqirish, bo‘r yo‘qligi yoki ruchka yozmagani uchun yig‘lab yuborish holatlari. Yoki uy ishlarini tekshirish asnosida elektrga ulangan dazmolni, boshqa mayda narsalarni unutib qoldirish kabilar. Nevrozning asosiy belgilari qatoriga o‘zi bilan gaplashish, sal narsaga tutoqish, tushkunlikka moyil bo‘lish kiradi.

2. Tomoq kasalliklari. Ko‘pincha ko‘p va baqirib gapirishdan, zo‘riqishdan tovush paychalari zararlanadi. O‘qituvchi shunday vaziyatda tomoq hiqildoq kasalliklariga oson chalinadi. Masalan o‘qituvchining ertalab chiroyli chiqib turgan ovozi kechki paytga borib umuman chiqmay qolishi mumkin.

3. Qomat buzilishlari. Og‘ir sumkalar, ish joyidagi noqulay stol-stullar ko‘pincha o‘qituvchilarda bel va umurtqa kasalliklarini keltirib chiqarishi hech gap emas. Skalioz bo‘lishi ham mumkin.

4. Infarkt va insultlar. Bu kasalliklar tinimsiz stress, aqliy zo‘riqish, keraksiz topshiriqlar, oilaviy mojarolar tufayli kelib chiqadi. O‘qituvchilarda ham turli xil zo‘riqishlar yig‘ilib, infarkt yoki insultga olib borishi mumkin.

Bunday dardlardan holi bo‘lish uchun ish joyi va uyda o‘zini iloji boricha xotirjam tutish, har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, o‘quvchilar va hamkasblar oldida ko‘ngilni keng qilish, mayda gap-so‘zlarga e’tibor bermaslik, g‘iybatdan uzoqroq yurish, to‘g‘ri ovqatlanish va har kuni ochiq havoda sayr qilishga odatlanish kerak.

(Visited 57 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz