O‘qituvchisi eng yaxshi maktab

Ota-ona o‘g‘liga eng yaxshi o‘qituvchi qidirib, oxiri topdilar. Ertalab bobo nabirasini maktabga olib ketdi. Ular hovliga kirishganda, ularni bolalar qurshab olishdi.

Bir bolakay kula boshladi: “Buncha kulgili chol ekan-a?”

– Hey, mitti baqaloq, – ikkinchisi yuzini burishtirdi.

Bolalar qiyqirib bobo va nabirani aylanib chopishardi. Shu payt qo‘ng‘iroq chalinib bolalar o‘zlarini maktab ichkarisiga urdi.

Bobo qat’iyat bilan nevarasini qo‘lidan tutib ko‘chaga chiqdi.

“Ura, men maktabga bormayman”, – bola xursand bo‘ldi.

– Borasan, lekin bu maktabga emas, – dedi bobo jahl bilan. “Men senga o‘zim eng yaxshi o‘qituvchisi bor maktab topaman.”

Bobo nabirasini uyiga olib bordi, buvisiga topshirib yana “yaxshi maktab” qidirib ketdi.

U biror maktabni ko‘rganda, uning hovlisiga kirib, bolalarning tanaffusga chiqishini kutardi. Ba’zi maktablarda bolalar cholga e’tibor berishmadi, boshqalarida uni mazax qilishdi.

Bobo indamay burilib, chiqib ketardi. Nihoyat u kichik bir maktabning hovlisiga charchab kirdi. Panjaraga suyandi.

Qo‘ng‘iroq chalinib maktab hovlisi bolaga to‘ldi. Darrov atrofini o‘rab olishdi:

– Bobojon, biror joyingiz og‘riyaptimi?

– Suv olib kelaymi?

– O‘qituvchimizni chaqiraylikmi?

Bir payt yoshgina o‘qituvchi paydo bo‘ldi. Chol u bilan salomlashib dedi:

– Men nevaramga eng yaxshi maktabni shu yerda topdim.

– Yo‘g‘-ye, xato qilyapsiz. Bizning maktab kichkina, sharoitlari ham eng zo‘r emas.

Chol u bilan bahslashmadi. O‘qituvchi bilan nevarasining maktabga qabuli haqida gaplashib, uyiga qaytdi.

O‘g‘li maktabni ko‘rib, otasidan norozi bo‘ldi.

– Shumi, eng yaxshi o‘qituvchisi bor maktab? Qayerdan bildingiz eng yaxshiligini?

– O‘quvchilaridan, – dedi chol.

 

Yoqub Umar tarjimasi

Manba: www.azon.uz

(Visited 14 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz