O’quvchi daftar tutmagani uchun o’qituvchi javobgarlikka tortiladimi yoki ota-ona?

Asolomu aleykum. Savolim bor edi men maktabda  informotika fanidan dars beraman savolim shuki.darsda o‘quvchilar umuman daftar tutmasa  daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa o‘qituvchi ayibdormi bunday holatda o‘qituvchiga qonunan jazo bormi o‘qituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda o‘quvchilar fandan daftar tutmasa  o‘qituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JAVOBI:

❗️O’quvchi daftar tutmagani uchun o’qituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

1⃣ Birinchidan, Ta’lim to’g’risidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra yuqoridagi shaxslar:

👉 o’z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

👉 o’z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

👉 ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Aynan mana shu majburiyatlar o’quvchining qonuniy vakillarining o’quvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olishini anglatadi.

2⃣ Ikkinchidan, Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan o’qituvchilarning lavozim majburiyatlarida o’qituvchining o’quvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

💁‍♂ Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo’llaniladi.

Ya’ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa:
➖ bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Manba: @Yurist_Xizmati

(Visited 48 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz