Assalomu alaykum! Ustozlar, Alhamdulillah men bu yili maktabda dars berishni boshladim. Maktabda o‘quvchilarni hulqi juda ham yomon tariflashga til ojiz. Bunga ota onalar ham masulmi? Axir 45 daqiqa dars davomida ularga bir narsani o‘rgatay desam xuddi 2-3 yoshli bolalar kabi o‘zini tutishadi. Birini jimitsa boshqasi boshlaydi, hattoki qiz bolalarda ham shu ahvol, lekin sinfda o‘qishni niyat qilgan ya’ni chet tilini o‘rganaman deganlar ham bor. Vaqtni tarbiyasiz bolalarga sarflab ularni haqqini bermayapmanku. Ota onalari majlislarga kelishmaydi, “bizni o‘rnimizga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring, 40ta bola bularni jimitib ham ulgurmayapmiz dars tugab qolyapti farzandingizni tartibga chaqiring” desak “bu sizi ishiz, siz bu uchun oylik olyapsiz tarbiyalash ham o‘qitish ham dars paytida sizni bo‘ynizda, axir men sizi meni o‘rnimga o‘zizi qo‘yib 18soat ko‘mir tashing demayapmanku” deb aytyapti. Nima qilishimiz kerak? Gap uqmaydigan o‘quvchilar bilan qanday muomala qilish kerak?
JAVOB:
– Va alaykum assalom! O‘qiydigan bolalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Tarbiya berish o‘qituvchini emas ota-onaning ishi. O‘qituvchining ishi ilm berish. Vallohu a’lam!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati
@Savollar_kanal