Oxunjon Madaliyev haqida ma’lumot

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg’ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog’ida duradgor usta Nusrat aka oilasida dunyoga kelgan.

1980-yilda o’rta maktabni tamomlagan.

Keyinchalik Hunar-texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o’tib, Farg’ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.

1989-yili Toshkent shahrida “Kamolot-89” ko’rik tanlovida g’olib bo’lib, shu yilning dekabr oyida “Xalqlar do’stligi” saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan.

Qo’shiqchilik san’atiga qo’shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1999-yil 25-avgustda “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoniga sazovor bo’lgan.

2000-yil 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.

(Visited 11 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz