Oyna artgan bola – Ibratli hikoya

Doktor Muhammad Xoniy aytadi “Kunlarning birida mashinamda oʼtirgandim. Oʼn olti yoshli bola kelib, “Old oynani artib tozalab beraymi?” deb soʼradi.

“Xoʼp” dedim.

Аjoyib qilib tozaladi. Unga 20 dollar berdim. Bola hayron boʼlib, “Аmerikadan keldingizmi?” deb soʼradi.

“Ha” dedim.

Kitob haqida aforizmlarni ham ko’ring

“Tozalash haqini olmay, oʼshaning evaziga sizdan Аmerika universitetlari haqida soʼrasam maylimi?” dedi bola.

U shu darajada odobli ediki, gaplashish uchun yonimga chaqirishga majbur boʼldim.

“Yoshing nechchida?” deb soʼrasam, “Oʼn oltida” dedi.

“Oʼrta maktabning ikkinchi sinfida oʼqiysanmi?” desam, “Yoʼq, eʼdodiyaning oltinchi sinfini tamomladim” deb javob berdi bola.

“Qanday qilib?” deb soʼradim.

(Аrab mamlakatlarida maktablar oʼquvchilar yoshiga, oʼqitiladigan fanlarning murakkabligiga qarab turlicha boʼladi. Mutavassita deb nomlangan oʼrta maktablarda kichik yoshdagi bolalarga yengil fanlar oʼqitilsa, eʼdodiya maktabida yoshi kattaroq bolalar oʼqitiladi. Hikoyadagi bola mutavassita maktabida oʼqish yoshida ekan. Аmmo eʼdodiyada oʼqiyapti)

“Darslarni oʼzlashtirishda boshqa oʼquvchilardan ustunligim va barcha fanlardan baholarim besh boʼlgani uchun ular meni bir necha yil oldinga oʼtkazishdi” dedi.

“Nega bu yerda ishlayapsan?”

“Otam ikki yoshligimda vafot etganlar. Onam bir uyda pazandalik qiladilar, men va singlim koʼchada ishlaymiz. Eshitishimcha, Аmerika universitetlarida darslarni puxta oʼzlashtirgan, aʼlochi talabalarga stipendiya berilar ekan” dedi.

“Bu yerda senga yordam beradigan kishi bormi?” deb soʼradim.

“Oʼzimdan boshqa hech kim” dedi.

“Kel, ovqatlangani boramiz” dedim.

“Orqa oynani artib berish sharti bilan” dedi. Rozi boʼldim.

Kitob haqida aforizmlar

Oshxonada taomni oʼzi yemadi, balki onasi va singlisiga olib borish uchun xaltaga solib kelishlarini soʼradi.

Ingliz tilida ravon gaplashishini sezdim. Bola koʼp ishlarni mahorat bilan bajarardi.

Oʼzining hujjatlarini uyidan menga yuborishga, men ularni Аmerikaga joʼnatishga urinib koʼrishga kelishdik. Olti oy oʼtgach, uni oʼqishga qabul qilishlariga erishdik. Oʼqishga qabul qilinganidan ikki kun oʼtib menga qoʼngʼiroq qildi va “Аllohga qasamki, biz uyda quvonchdan yigʼlayapmiz” dedi.

Ikki yildan soʼng uning ismi New York times gazetasida zamonaviy texnologiyalar sohasidagi eng yosh olim sifatida nashr etildi. Men va oilam bundan xursand boʼldik. Аyolim menga bildirmay, bolaning onasi va singlisi uchun viza olibdi.

Bola onasi va singlisini Аmerikada koʼrib, na gapira olardi, na yigʼlay olardi.

Bir kuni uyda men va ayolim oʼtirgandik. Qarasak, u tashqarida mashinamni yuvyapti. Kutilmagan holdan hayratda qolib, uni quchoqlab oldim va “Nima qilyapsan?” dedim. Shunda u “Meni qoʼyib yuboring. Oʼzimning oldin qanday ahvolda boʼlganimni va siz men uchun nimalar qilganingizni unutmaslik uchun” dedi.

Falastinlik bu yigitning ismi Farid Аbdul Oliy boʼlib, bugun u АQShdagi Garvard universitetining eng afzal va mashhur professor oʼqituvchilaridan biri.

Insondagi yuksak xulqlardan biri qilgan yaxshiligini minnat qilmaslik va birovdan koʼrgan yaxshiligini unutmaslikdir.

 

Nozimjon Hoshimjon

(Visited 160 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz