1925-yil 4-iyunda Toshkentda „Sharq yulduzi“ nomi bilan kinostudiya tashkil boʻlgan.
Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan.
20-yillarda „Ikkinchi xotin“, „Masjid gumbazlari ostida“, „Soyabon arava“, „Ravot qashqirlari“, „Chodira“ kabi filmlar ishlangan.
1925-26-yillar mobaynida 20 dan ortiq toʻla, 30 dan ortiq qisqa metrajli xronikal filmlar yaratilgan.
1936-yil „Oʻzbekfilm“ deb nomlangan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida studiya „Toshkent Kino Studiyasi“ deb nomlangan.
1958-yil nomi yana qaytadan „Oʻzbekfilm“ deb oʻzgartirilgan.
Kino studiya shu kungacha 400 dan ortiq toʻla metrajli va 100 dan oshiq multiplikatsiya qilingan film chiqargan.
„Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi ishlab chiqargan mashhur filmlar qatoriga „Maftuningman“ (1958) va „Mahallada duv-duv gap“ (1960) filmlarini kiritish mumkin.