O‘zbeklar nima deydi?
Din haqida: – Odamning manetida bo‘lsin (ko‘kragiga urib), vey!
Boylar haqida: – Mard kishi. Ehsoni katta saxovatli odam. Hoji. Bir to‘y qildi o‘tgan yili, to‘kib tashladi, kelganam keldi, kelmaganam keldi.
Uchchiga chiqqan tanish-bilishchi va poraxo‘r haqida: – Hojatbaror odam. Hozirgi zamonda tanishsiz ish bitirolmaysan. Bir suhbatini ol, kerak bo‘lib qoladi.
Yog‘li ovqat haqida: – Do‘xtirlar vahimachi xalq bo‘ladi. Katta-katta olaver.
Ichkilik haqida: – O‘zimas, kayfi harom. Ikki aka-uka bo‘lgan ekan (davomini bilasiz).
SSSR haqida: – (orzumandlik bilan) Boshqacha davrlar edi. Gugurt ikki tiyin. Bir so‘mga, ehhe..
Mustaqillik haqida: – Hozir ham kam bo‘lganimiz yo‘q. Ishlagan qandini urib yashayapti.
Amerika haqida: – Iplos davlat. Hamma urush o‘shag‘dan chiqadi.
Toshkent haqida: – Svet o‘chmaydi, gaz bir metr.
To‘ylar haqida: – Yarashig‘i shunaqa. Mahalla-ko‘ydan kam yo ortiq joyimiz yo‘q.
Gazetalar haqida: – Afandisi, skanvordi boridan olib turaman.
Kitob haqida: – O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.
Qiz farzand haqida: – O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.
Internet haqida: – Hozirgi bolalarning hammasining internetda sayti bor.
Masjid haqida: – Pensiyaga chiqib olay, Xudo xohlasa, namozni kanda qilmayman.
Siyosat haqida: – Ketni qisgan boy bo‘ladi. Siyosatga aralashma. Undan ko‘ra uyat-uyat gaplardan gaplashaylik.
Prezident haqida: – O‘zi yaxshi odam, atrofidagilar yaramas.
© Shukurjon Islomov