PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar

PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

✅ PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➖ Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

 

PISA 2025 buyruq (1-ilova_maktablar)

(Visited 47 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim