Qariganingda:
1. Xammaga aql o‘rgataverma. Xattoki xammadan donoligingni bilsang xam, xadeb boshqalarni qaror qabul qilishlariga aralashma. Yoshligingni esla, kattalarni nasixati quloklaringga yoqarmidi yuqmi..
2. Sendan yordam so‘rashmasa, yordam berishga oshiqma. Yaqinlaringni dunyoning barcha balo-qazolaridan asrashga urinma. Ularni mexr ila duo kil.
3. Noliyverma! Vaysaqi kampirga aylanib kolma! Axir senga unday kariyalar yoqmasdiku.
4. Bolalaringdan minnatdorchilik kutma. Yodingda tut: noshukr farzandlar bulmaydi. Bolalaridan doim minnatdorchilik kutib, xattoki talab qilib yashaydigan nodon ota-onalar bo‘lishadi. Mexr talab qilib olinmaydi, u shunchaki beg‘araz, beminnat beriladi.
5. “Men seni yoshingda..”
“Senlarni deb umrimni o‘tkazdim..”
“Sendan yoshim katta, shunichun men yaxshiroq bilaman..”
“Odamlarni bolasiga o‘xshab..” kabi suzlarni aslo qullama.
6. Pullaringni xadeb yigaverma, o‘zing uchun sarfla, sayoxat kil.
7. Ering qari, vaysaki, kuchsiz cholga aylanib kolsa xam, uni xamisha xurmat qil, avayla.
Axir erining roziligini olgan ayolga jannat vada qilingan.
8. Nabirali bulganingda yanayam muloyimroq, xalimroq bo‘lgin, yumshoq muomala kilib, ularga namunali, sevimli buvijon bo‘lishga xarakat qil.
9. Endi avvalgiday quyuq pardoz qilmagin, qosh-ko‘zingga o‘sma-surma surtib, kullaringga xna quyib yursang kifoya, undan ortig‘i bachkana ko‘rinadi.
10. O‘zingni ko‘pam ayblama. Taqdiring qanday bo‘lishidan, farzandlaring qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, sen qulingdan kelgancha yashading, aqling yetgancha tarbiyalading.
☝️ Xar qanday xolatda xam obro‘ingni saklab qol. Bilginki sen shuncha yil yashab, xali xam tirik ekansan, demak – seni qiladigan savob ishlaring va ibodatlaring xali ko‘p va sen yaqinlaringga keraksan!