Maktabda qaysi fanlar ikki guruhga bo’lib o’qitiladi?
✅ Qonunchilikka ko’ra, malakali o’qituvchilar yetarli bo’lgan quyidagi hollarda sinfdagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib o’qitishga ruxsat etiladi:
(https://lex.uz/docs/3137130#3137467)🔹o’quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;
🔹ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
🔹V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
🔹VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
🔹V — IX sinflarda “Texnologiya”;
🔹X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” fanlari;
🔹ta’lim tili o’zbek tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “O’zbek tili” fani;
🔹ta’lim tili rus tili bo’lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.
@huquqiyaxborot