Qon bosimini o’lchash

qon bosimi haqida

qon bosimi haqida

Qon bosimni to’g’ri o’lchash texnikasi!

Arterial bosimni o‘lchash qiyin emas,
Mustaqil foydalanish uchun avtomatik tonometr (qon bosimini o‘lchash asbobi) ko‘proq mos keladi, chunki yolg‘iz holatda stetoskop bilan urinishlar noqulay va natija noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Ba’zi turdagi avtomatik tonometrlar ham doimo aniq natijani ko‘rsatmaydi.

Nomunosib rostlangan manjyet razmeri ham o‘lchov natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishini inobatga oling. Shuning uchun ham xarid qilish jarayonida qo‘lning tonometr qamrab oluvchi aylanasini o‘lchab ko‘ring.

Usmonli imperiyasidagi erkaklar nega sirg‘a taqishgan?

Bosimni qanday o‘lchaymiz?
Shoshilmang. Tinch vaziyatda 5 daqiqa o‘tiring, kuchli yuklamalardan so‘ng darhol tonometrni ishlatish yaramaydi. O‘lchab ko‘rishdan avvalgi yarim soat davomida chekmang va kofe ichmang.

Orqangiz tekis holatda bo‘lishini ta’minlash uchun stulga o‘tiring. Oyoqlarni chalishtirmang. Ular yer yuzasiga tizzalar yuqoriga ko‘tarilmaydigan holatda qo‘yilishi kerak.

Manjyetni qo‘lga muammosiz kiygizish uchun yengni qayirish yoki yaxshisi uzun yengli kiyimni yechib qo‘yish kerak.

O‘lchanayotgan qo‘l shunday qo‘yilishi kerakki, tonometr manjyeti taxminan yurak bilan bir chiziqda bo‘lsin. Ba’zida bu holatni bajarish uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘yish zarur bo‘ladi.

Manjyetni to‘g‘ri taqing. Uning quyi qismi tirsak bukiladigan joydan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lsin.

Manjyetni uning ostida 1 yoki 2 barmoq sig‘ishi mumkin bo‘lgan darajada torting. Tonometrning sezuvchi elementlari pulsni aniqlashi uchun uning naychasi tirsakning ichki qismidan chiqishi kerak.

Barcha naychalar tekis, o‘ralmagan bo‘lishi va halqa holatida emasligiga ishonch hosil qiling. Bu qiyin emas, shu ko‘rinishda o‘tirish kifoya:

 

Dasturni ishga tushirishingiz bilan tonometr manjyetni havoga to‘ldiradi yoki bu ishni mustaqil amalga oshirasiz (bu siz qaysi modelni sotib olganingizga bog‘liq). Asbob havoni chiqarib yuborguncha kuting yoki klapanni oching va havoni o‘zingiz chiqaring.

Tonometr ko‘rsatkichini yozib olib bir necha daqiqadan so‘ng jarayonni ikkinchi qo‘lda qaytaring.

Qon bosimi stetoskop bilan qanday o‘lchanadi?
Yurak tovushini eshitish usuli kishidan ba’zi odat va ko‘nikmalarni talab qiladi. Bir vaqtda ham tinglash, ham tonometr ko‘rsatkichidagi o‘zgarishni payqash boshlanishiga qiyin bo‘ladi.

O‘zining qon bosimini o‘lchash yanada qiyinroq. Shuning uchun, agar stetofonendoskopdan foydalanishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qanday bajarishni o‘rganing.

Imtihon javoblari 2022

Xuddi avtomatik tonometrda o‘lchashda lozim bo‘lgandek o‘tirish kerak. Manjyet ham qo‘lning aynan o‘sha qismiga taqiladi.
Tirsak chuqurligiga yoki uning sal yuqorisidagi puls eshitilishi eng yaxshi bo‘lgan joyga stetofonendoskop membranasini qo‘ying va ozroq siqing.
Manjyetni havo bilan damlang va bir vaqtning o‘zida strelkadan ko‘z uzmasdan pulsni tinglang. Qaysidir holatda puls yo‘qoladi — uni eshitib bo‘lmaydi. Shundan so‘ng tonometr strelkasi yana 20-30 mm simob ustuniga ko‘tarilguncha manjyetni damlash kerak.
Grusha jo‘mragini ozroq ochishingiz bilan tonometr strelkasi asta-sekin pastlay boshlaydi, sekundiga 2-3 mm simob ustuni tezligida.
Stetofonendoskopda yurak urishi tovushlari yana qachon paydo bo‘lishiga diqqat qiling. O‘sha vaqtdagi strelka ko‘rsatkichini eslab qoling. Bu sistolik, ya’ni ustki qon bosimidir.
So‘ngra, tovushlar yana yo‘qolib qoladi va o‘sha vaqtdagi strelka ko‘rsatkichi diastolik, «pastki» bosimini ifodalaydi.
U 140/90 dan ko‘tarilsa, qon bosimi oshishi tashxisini qo‘yish mumkin. Quyi chegara esa 90/60. O‘zingiz uchun me’yor qandayligini bilish uchun qon bosimini har kuni bir xil vaqt va sharoitlarda o‘lchang va yozib boring. O‘zingizni yomon his qiluvchi biror holat sodir bo‘lsa, sizda qon bosimi bilan bog‘liq muammo mavjud yoki aksinchaligini aniqlay olasiz.

(Visited 513 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz