(Ўзбекча) Qovun foydalari qanday? – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Qovun foydalari qanday?

Sorry, this entry is only available in Ўзбекча. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

“Qovun — to‘yimli, kam kaloriyali taom”, deydi Pittsburglik diyetologiya akademiyasi mutaxassis Xitir Manjiyeri.

2006 yilda HortScience jurnalida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqori.
Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan o‘simlik pigmenti. Apelsin va sabzi to‘q sariq rangiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan ko‘proq.

100 g qovun: 36 kkal
• Oqsil — 0,5 g
• Yog‘ — 0,1 g
• Uglevodlar — 9 g
– Natriy — 26 mg
– Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108%
– Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%
– Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1%
– Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi.

Qovun tarkibida ko‘p miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarurdir, bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi.
Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi.
Temir (qovun tarkibida baliq va sutga qaraganda ko‘proq) gemoglobinni ko‘paytiradi.
Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega bo‘lasiz.

Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.