Rashod Nuri Gunteginning ,,Choliqushi” romani insho

Jahon adabiyoti durdonalaridan biri
Reja:

Kirish:Rashod Nuri Gunteginning ,,Choliqushi” romani
Asosiy qism:
1) Asarda ilgari surilgan gʻoya
2),,Choliqushi” romani qahramonlari tavfsifi
3)Adib yangilagan koʻhna muhabbat
Xulosa: Asardan olgan tarbiyaviy ahamiyat
Choliqushi”ni shunchaki bir ishqiy roman bo‘lib qolishidan qutqargan, an’anaviy sevgi-muhabbat mavzusida yozilgan boshqa asarlardan farqi ayni paytda romanning o‘sha davr ijtimoiy holatidan ham hikoya qilishidir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng ma’noli so‘z bu Onado‘ludir. Bu so‘zning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda Onado‘lu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yo‘qsillik, jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir muddat yashagan Zaynilar qishlog‘i tasvirlari nafaqat Onado‘lu, balki o‘sha davrda hukumat tepasida bo‘lgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham ko‘z oldimizda qip-yalang‘och namoyon qiladi. Zaynilar qishlog‘i tasvirida asosan “yakkam-dukkam kulbalar”, “taxta uylar”,”cho‘ka boshlagan qop-qora vayronalar”, “u yer bu yerda tutab yotgan yong‘in xarobalari” kabi ifodalar qo‘llanilgan. U yerdagi o‘quvchilar ahvoli ham juda achinarli edi.

O‘zi ham muallim bo‘lgan yozuvchi roman qahramoni Ferideni ham o‘qituvchi tarzida gavdalantirib, asarda ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Romanda an’anaviy ta’lim-tarbiya tushunchasi va yangi ta’lim berish shakli orasida kurash yuzaga keladi. Zaynilar qishlog‘idagi Hadicha xonim o‘qituvchilik qila oladigan darajada yetarli bilimga ega emas, o‘quvchilarni uradi, o‘lim tahlikasini targ‘ib qiladi, dars paytida o‘quvchilarni yerga o‘tqizib, baland ovozda o‘qishga majbur qiladi, bo‘yi yetgan qizlarning o‘qishiga qarshi chiqadi. Yangi ta’lim tizimida yetishib chiqqan Feride esa Hadicha xonimning amallariga butunlay qarshi bo‘lib, o‘quvchilarni o‘zi bilgan metodda o‘qita boshlaydi. Bolalarni ketma-ket o‘tqizadi, shovqin qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi, katta yoshli qizlarga ham ta’lim beradi, o‘lim tahlikasini yo‘qqa chiqarishga urinib, yashash zavqini targ‘ib qiladi.

O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onado‘luda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: “Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan o‘ldirishi hech gap emas”.

 

Rashod Nuri Guntekin romanda byurokratiya va qog‘ozbozlikka ham alohida ahamiyat qaratadi. Feride byurokratiya nima ekani va uning qanday ishlashini bilmas, rahbarlarning mas’uliyatsizligi va mensimasdan muomala qilishlaridan xabarsiz edi.

“Choliqushi” romanida bo‘lib o‘tgan voqealar XX asrning ilk choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham ko‘rinish bermasdan qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini ko‘p jihatdan mohirona yoritib bera olgan.

 

Manba

(Visited 723 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim