1. Ichaklarni tozalaydi
Iliq suv hazm tizimini faollashtirib, organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Saharda ichilgan suv ichaklarning faoliyatini yaxshilaydi va qabziyatning oldini oladi.
2. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi
Tanasiga tushgan iliq suv metabolizmni tezlashtirib, tanani kun bo‘yi faol bo‘lishga tayyorlaydi. Bu esa ortiqcha vazn tashlashga ham yordam beradi.
3. Immunitetni mustahkamlaydi
Iliq suv limfa tizimini faollashtiradi, immunitetni oshiradi va organizmni kasalliklardan himoya qiladi,stressni kamaytiradi.
4. Yurak va qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlaydi
Iliq suv tomirlarni kengaytirib, qon aylanishini yaxshilaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi va yuqori qon bosimini tushirishga yordam beradi.
5. Ruhiy osoyishtalik beradi
Saharda niyat bilan ichilgan suv qalbga osoyishtalik bag‘ishlaydi, kayfiyatni yaxshilaydi va kunni ijobiy boshlashga yordam beradi.
6. Tana hujayralarini tozalaydi va yoshartiradi
Erta tongda iliq suv ichish tanadagi hujayralarning yangilanish jarayonini tezlashtiradi, terining silliq va sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.
7. Buyrak va siydik tizimini tozalaydi
Saharda iliq suv ichish buyraklarning faoliyatini yaxshilaydi, siydik yo‘llarini tozalaydi va yallig‘lanishlarning oldini oladi.
Bu odatni kundalik hayotga tatbiq qilish sog‘liqni mustahkamlash va ruhiy osoyishtalikni ta’minlashga yordam beradi.