Shukur Xolmirzayev haqida faktlar

🔹Shukur Xolmirzayev (1940.24.3, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991).
🔹Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963).
🔹Shukur Xolmirzayevning “Oq otli” deb nomlangan ilk qissasi togʻ bolalari hayotidan hikoya qiladi.
🔹Talabalik yillarida yozilgan “Toʻlqinlar” (1963), “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor?” (1965) qissalari oʻz avlodi ‒ tengqurlari hayotiga bagʻishlangan.
🔹Shundan keyin adibning “Olis yulduzlar ostida”, “Hayot abadiy”, “Ogʻir tosh koʻchsa…”, “Bodom qishda gulladi” (1968), “Soʻnmas olov” (1985), “Togʻlarga qor tushdi” (1987) kabi hikoyalar toʻplamlari, “Soʻnggi bekat”, “Qil koʻprik”, “Yoʻlovchi”, “Olaboʻji” romanlari chop etildi.
🔹Shukur Xolmirzayev oʻzbek hikoyachiligini ustoz Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga koʻtargan yozuvchilardan biridir.
🔹Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bagʻishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.

(Visited 13 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz